“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 17:27
ЎЗO‘Z

AQSHda bir hafta ichida ishsizlar soni rekord darajada ko‘paydi

03 apr, 08:50 2 337 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSHda bir hafta ichida ishsizlar soni rekord darajada ko‘paydi Foto: Getty Images
AQSHda 28 mart kuni yakunlangan avvalgi hafta ichida bandlik idoralariga ishsizlik nafaqasi olish maqsadida 6,65 mln amerikalik murojaat qildi. AQSH ko‘lamlari bo‘yicha bu juda katta ko‘rsatkich bo‘lib, oddiy vaqtda bu ko‘rsatkich haftasiga 300 ming murojaatdan oshmagan.

Bu rekord ko‘rsatkich bo‘lib, avvalgi antirekord bundan bir hafta avval o‘rnatilgandi. O‘shanda 3,3 mln kishi ishsizlik nafaqasi olishga ariza bergan. Ta’kidlash joiz, bu natija o‘z navbatida 1982 yildagi rekord natijani yangilagandi. O‘shanda nafaqa olishga 695 mingta ariza berilgan.

AQSH mehnat vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi sababli yuz bergan inqiroz sababli 2 hafta ichida 10 mln amerikalik ishidan ayrilgan.
2009 yilda jahon inqirozidan keyin AQSHda ishsizlik nafaqasi olishga murojaatlar soni hozirgidan ancha kam bo‘lgan (eng ko‘pi bilan 2009 yil martida haftasiga 665 ming murojaat).

Koronavirus pandemiyasi ortida kiritilgan ijtimoiy masofalashuv siyosati sababli AQSHda kichik va o‘rta korxonalar yopilishi yoki faoliyatini to‘xtatishi ishsizlikning mislsiz darajada o‘sishiga olib keldi.

“Men hayotimda bunday raqamlarni ko‘raman, deb hech o‘ylamagandim”, deb aytgan Bloomberg axborot agentligiga Pictet Wealth Management iqtisodchisi Tomas Kosterg. Ta’kidlanishicha, AQSHda ishsizlik darajasi 20 foizgacha yoki 2008-2009 yillardagi avvalgi inqiroz vaqtidagidan 2 marta ko‘proqni tashkil qilishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 128
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 93
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 218
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 311
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 457
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 257
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 128
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 93
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 40
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 62
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 101
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 218
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 311
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 457
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 91
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 257
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 299
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 91
  • Bo‘limlar