“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 04:56
ЎЗO‘Z

Samsung koronavirus bilan kasallangan bemorlarga bepul smartfon tarqatmoqda

03 apr, 06:00 2 520 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samsung koronavirus bilan kasallangan bemorlarga bepul smartfon tarqatmoqda Foto: 3Dnews
Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi koronavirus bilan kasallangan bemorlarga karantin muddati zerikishsiz o‘tishi uchun planshet va smartfonlarini sovg‘a qilmoqda, deb xabar bermoqda CNET.

«Biz karantinda bo‘lgan bemorlarga qarindoshlari va do‘stlari bilan aloqada bo‘lib turishlari uchun smartfon hamda planshetlar beryapmiz. Bundan tashqari, shifoxonalar va karantin markazlariga havo tozalagich va boshqa qurilmalarni yetkazib beryapmiz. Shuningdek, bolalar o‘qishni masofadan turib davom ettirishlari uchun turli ta’lim muassasalarini kerakli qurilmalar bilan ta’minlayapmiz», — deyiladi kompaniya bayonotida.

Samsung kompaniyasi mahalliy hukumat va jamiyatni qo‘llab-quvvatlash maqsadida hozirga qadar 26 million dollar ajratdi.

COVID-19 koronavirusi pandemiyasi butun dunyo iqtisodiyotiga jiddiy zarba berdi. Shuningdek, ko‘plab texnologik kompaniyalar jabr ko‘rdi, do‘konlar va ofislar yopildi, xodimlar soni qisqartirildi, qolganlar esa masofadan turib ishlashga o‘tdi. Koronavirus Samsung kompaniyasiga ham zarar yetkazdi. Uning fabrikalarida ilk bemorlar paydo bo‘ldi, kompaniya AQSHdagi do‘konlarini yopdi, bundan tashqari, xodimlarining maoshlarini kamaytirdi.

Ta’kidlanishicha, kompaniya muhandislari tibbiyot niqoblari ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalash bo‘yicha Janubiy Koreyaning boshqa kompaniyalari bilan ishlab kelmoqda.
Samsung, koronavirus, bepul smartfon




Mavzuga oid yangiliklar
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 53
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 70
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 122
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 309
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 108
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 208
  • So'nggi yangiliklar
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 92
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 19
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 43
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 53
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 76
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 37
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 267
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 75
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 70
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 82
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 122
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 34
  • Bo‘limlar