“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 01:16
ЎЗO‘Z

Xitoyda it va mushuklarni yeyish taqiqlandi

02 apr, 22:00 3 676 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoyda it va mushuklarni yeyish taqiqlandi Foto: Getty Images
Xitoyning Shenchjen shahrida it va mushuklar go‘shtini sotish va yeyish taqiqlandi.
Fevral oyida Xitoy hukumati COVID-19 xastaligini keltirib chiqaruvchi koronavirus epidemiyasining oldini olish maqsadida, yovvoyi hayvonlar go‘shtini sotish va yeyishni taqiqlagan edi.

Endi esa Shenchjen shahrida uy hayvonlari bo‘lmish it va mushuklarni yeyish ham taqiqlandi. Bu haqdagi qaror 1 maydan kuchga kiradi. Shenchjen bunday taqiqni joriy qilgan Xitoydagi ilk shahar bo‘ldi.
Qayd qilish joizki, it va mushuklar go‘shti Xitoyning barcha hududlarida iste’mol qilinmaydi. Ko‘pchilik xitoyliklar hech qachon it go‘shtini yemagan va uni tatib ko‘rishga intilmagan.

Xitoylik olimlar o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, mushuklarga koronavirus yuqishi mumkin. Ammo virusning mushukdan odamga yuqishi haqida tasdiqlangan ma’lumotlar yo‘q.
Olimlarning aniqlashicha, virus havo-tomchi yo‘li orqali mushukdan mushukka yuqadi. Biroq, itlar, tovuqlar, cho‘chqa va o‘rdaklar orasida bunday holat kuzatilmagan.

Tadqiqot davomida beshta mushukka burun bo‘shlig‘idan koronavirus kiritilgan. 6 kundan keyin ularda virus borligi aniqlangan. Shundan so‘ng, kasal mushuklar sog‘lom mushuklar yoniga qo‘yilgan. Biroz vaqt o‘tgach, ularda ham virus borligi aniqlangan. Qayd qilinishicha, zararlangan mushuklarning barchasida virusga qarshi antitana paydo bo‘lgan.

Avvalroq, Belgiyada uy mushugi koronavirusni yuqtirib olgani ma’lum bo‘lgan edi. Uning egasida COVID-19 alomatlari aniqlanganidan so‘ng, 1 hafta o‘tgach, mushukda ham nafas olish qiyinlashishi, qusish va ich ketishi kuzatilgan. Uning tahlillari esa koronavirus yuqtirib olganini tasdiqlagan edi.
Xitoy, yeyish, mushuk




Mavzuga oid yangiliklar
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 0
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 10
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 119
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 111
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 0
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 0
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 0
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 0
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 9
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 119
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 58
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 49
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Bo‘limlar