“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 10:20
ЎЗO‘Z

Italiyada koronavirus qurbonlari ko‘pligi sababi tushuntirildi

02 apr, 10:30 4 628 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Italiyada koronavirus qurbonlari ko‘pligi sababi tushuntirildi Foto: REUTERS / Flavio Lo Scalzo
Italiya epidemiologlari assotsiatsiyasi Italiyaning keksa yoshli aholisi orasida koronavirusdan o‘lim darajasi yuqoriligining sababini tushuntirishdi.
Ular bu holat anomal iliq qish sababli odamlar noyabr-yanvar oylariga to‘g‘ri keluvchi gripp epidemiyasini odatdagidan yengil o‘tkazganlari bilan tushuntirilishi haqidagi xulosaga kelishgan.

Shifokorlar Italiyaning yirik shaharlaridagi monitoring ma’lumotlariga tayanib, grippdan o‘rtacha o‘lim darajasi mavjudligi va u yiliga taxminan 8 ming o‘limga olib kelishi haqidagi xulosaga kelishgan. 2016-2017 yillar qishida bu ko‘rsatkich odatdagidan yuqori, joriy yilda esa aksincha past bo‘lgan. Mutaxassislarning hisoblashlaricha, mamlakatning shimoliy tumanlarida noyabr-yanvar oylarida gippdan o‘lim darajasi o‘rtachadan 6 foiz, markaziy va janubiy hududlarda 3 foiz kamroq bo‘lgan.

Natijada gripp epidemiyasi xavfi guruhida bo‘lgan keksa yoshlilar ferval-mart oylarida koronavirus paydo bo‘lganda koronavirus xavfi guruhiga ko‘chganlar. Ularning o‘limi ham umumiy o‘lim statistikasiga ulush qo‘shgan.

Epidemiologlar assotsiatsiyasida ta’kidlanishicha, Italiyada koronavirus epidemiyasi oqibatida vafot etgan keksalar soni oxirgi ikki yil gripp qurbonlari sonidan oshib ketgan, biroq bu ko‘rsatkich 3 yil avvalgi grippdan o‘lim darajasidan past.

Italiya sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirusdan o‘lim holatlari 60 yoshdan kattalarda 5 foizdan 25 foizgachani tashkil qiladi, bunda yoshga qarab o‘lim darajasi ortib boradi. Qolgan yosh guruhlarida o‘lim holatlari minimal darajada qolmoqda.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada koronavirusga chalinganlar soni 110 mingdan oshib ketgan, vafot etganlar 13 mingdan ko‘proq. 16 mingga yaqin odam kasallikdan forig‘ bo‘lgan. Eng og‘ir vaziyat Lombardiya viloyatida kuzatilib, bu yerda koronavirusdan 7 mingdan ko‘proq kishi vafot etgan.
Italiya, qurbonlar, koronavirus




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 0
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 110
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 57
  • Bo‘limlar