“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 01:31
ЎЗO‘Z

AQSH razvedkasi Xitoyda koronavirus bo‘yicha raqamlar kamaytirib ko‘rsatilgan deb hisoblamoqda

02 apr, 08:28 3 432 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSH razvedkasi Xitoyda koronavirus bo‘yicha raqamlar kamaytirib ko‘rsatilgan deb hisoblamoqda Foto: REUTERS
Xitoy koronavirus epidemiyasi bo‘yicha real raqamlarni kamaytirib ko‘rsatgan. Bunday xulosaga AQSH razvedkasi keldi.
Bu haqda Oq uyga AQSH razvedkasi tomonidan topshirilgan hisobotga tayanib Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.

Agentlikning hisobot bilan tanishib chiqqan suhbatdoshlarining aytishicha, Xitoy kasallanganlar va vafot etganlar bo‘yicha ma’lumotlarni ataylab to‘liq bermagan. Manbalarning ta’kidlashicha, razvedkaning hisoboti maxfiy bo‘lgani sababli ular uning mazmuni bo‘yicha biror tafsilotlarga berilishmagan. Ularning aytishicha, hisobot o‘tgan hafta AQSH ma’muriyatiga topshirilgan.

Koronavirus avj olishi 2019 yil oxirida Xitoyning Xubey provinsiyasida boshlangandi. Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy umumiy hisobda koronavirusdan kasallanganlar 82 ming, vafot etganlar 3,3 ming nafarligini ma’lum qilgan. Bu orada AQSHda hozirga kelib 189 mingta kasallanish holati va 4 mingdan ko‘proq o‘lim qayd qilingan.

Avvalroq AQSH davlat departamentining immunologiya bo‘yicha mutaxassisi Debora Birks tibbiy doiralar Xitoyning koronavirus bo‘yicha ma’lumotlarini “bu jiddiy bo‘lgan, biroq kimdir kutganchalik darajada emas”, deb talqin qilganini aytgandi. “Ehtimol katta hajmda ma’lumotlar yetmagani sababli biz hozir Italiya va Ispaniyadagi holatni kuzatmoqdamiz”, deb qo‘shimcha qilgan Birks.

19 mart kuni AQSH prezidenti Donald Tramp Xitoy tomonidan koronavirus haqidagi ma’lumotlarning yashirilishi koronavirus pandemiyasining yuzaga kelishiga olib kelganini aytgandi. “Dunyo ular qilgan ishga juda katta haq to‘lamoqda”, deb aytgan Tramp.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 0
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 4
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 48
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 72
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 34
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 52
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 0
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 4
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 6
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 28
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 56
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 48
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 72
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 34
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 75
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 52
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 18
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 47
  • Bo‘limlar