“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 08:36
ЎЗO‘Z

Koronavirusdan o‘rtacha o‘lim darajasi grippnikidan 69 marta yuqori ekani ma’lum qilindi

02 apr, 07:17 2 686 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirusdan o‘rtacha o‘lim darajasi grippnikidan 69 marta yuqori ekani ma’lum qilindi Foto: Getty Images
London imperiya kolleji mutaxassislari koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning birinchi atroflicha tahlilini e’lon qilishdi. Jamoa turli yoshdagilar orasida koronavirusdan o‘lish darajasini va virusning boshqa jihatlarini o‘rganib chiqishdi.

Mutaxassislar bunda Xitoydagi kasallanish holatlari, u yerdan evakuatsiya qilingan xorijliklar va koronavirus tarqalgan Diamond Princess kruiz layneridagi yo‘lovchilar haqidagi ma’lumotlardan foydalanishgan.

Ularning baholashicha, koronavirusdan o‘lim holatlari unga uchraganlik tasdiqlangan holatlardan 1,3 foizni, tashxislash o‘tkazilmagan holatlar hisobga olinsa 0,66 foizni tashkil qiladi. Ta’kidlanishicha, bu koronavirusdan o‘lim holatlari 2 foizdan 8 foizgacha oraliqda o‘zgargan avvalgi baholashlardan farq qilsa-da, ammo grippnikidan ancha yuqori.

Mutaxassislar taqqoslash uchun 2009 yilgi H1N1 grippidan (cho‘chqa grippi) o‘lim statistikasini keltirishgan. Undan o‘lim holatlari umumiy kasallanish holatlaridan 0,02 foizni tashkil qilgan. Bu esa koronavirusdan o‘lim darajasi H1N1 grippidan 69 marta yuqori ekanini anglatadi. Oddiy grippdan o‘lim darajasi esa H1N1’nikidan 2 marta kamroqni, ya’ni 0,01 foizni tashkil qiladi.

Tahlillar koronavirusdan o‘lish xavfi yoshga kuchli bog‘liqligini tasdiqlagan. 9 yoshdan kichik bolalarda undan o‘lish darajasi 0,0016 foizni, 80 yoshdan kattalarda esa 7,8 foizni tashkil qilar ekan.

Tadqiqot mualliflarining fikricha, ularning baholashlari avvalgilaridan farqlanadi, chunki hanuzgacha koronavirusdan o‘limlar tahlilida koronavirusga testdan jiddiy alomatlarga ega odamlar yoki boshqa davlatlarda bo‘lgandan keyin karantinda bo‘lganlar o‘tishi hisobga olinmagan.

Shuningdek, yoshga bog‘liq holda nafaqat koronavirusdan o‘lish, balki shifoxonaga joylashtirishni talab qiluvchi holatlar soni ham ko‘payadi. 10 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lganlarda bu ko‘rsatkich 0,04 foizni, 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlarda 3,4 foizni tashkil qilgan, 50-59 yoshdagilarda 8,2 foiz holatda shifokorlar yordami talab etiladi. 80 yoshdan kattalar orasida koronavirusga chalinganlardan 18,4 foizini shifoxonaga yotqizishga to‘g‘ri keladi.

Mualliflarning ta’kidlashicha, ular olgan ma’lumotlar qanday sondagi kasallanganlarga shifokorlar yordami zarur bo‘lishini oldindan aytish imkonini beradi.

Koronavirusga dunyo aholisining 50 foizdan 80 foizgachasi chalinishi mumkinligi hisobga olinsa, tibbiy yordamga muhtojlar soni eng ilg‘or sog‘liqni saqlash tizimlari imkoniyatlaridan oshib ketishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 122
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 301
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 66
  • Bo‘limlar