“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 20:18
ЎЗO‘Z

Putin koronavirusga chalingan shifokor bilan muloqotdan keyin masofadan ishlashga o‘tdi

02 apr, 06:46 2 420 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Putin koronavirusga chalingan shifokor bilan muloqotdan keyin masofadan ishlashga o‘tdi Foto: Yahoo
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvadagi Kommunarka posyolkasidagi shifoxona bosh shifokori Denis Protsenkoda koronavirus aniqlangandan keyin masofadan ishlay boshladi. Putin 24 mart kuni koronavirusga chalinganlar uchun mo‘ljallangan shifoxonaga tashrif buyurganda Protsenko bilan tibbiy niqobsiz muloqot qilgan va u bilan qo‘l siqishgan.

Ta’kidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Putin shundan keyin qayergadir g‘oyib bo‘lgani haqida gaplar yura boshlagan: 25-27 mart kunlari u haqida tayyorlangan syujetlar ko‘proq oldindan yozib olinganga o‘xshagan.

Putinning shifoxonaga tashrifi vaqtida Protsenko bilan, shuningdek, Moskva meri Sergey Sobyanin, bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova, sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko va Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova ham muloqot qilgan. Ularning barchasi shifokor bilan niqobsiz suhbatlashishgan va qo‘l siqishishgan. Sobyaninning matbuot kotibi Gulnara Penkova merning sog‘lig‘i joyidaligi, u tibbiy nazoratda ekanligi haqidagi qisqacha izoh bilan kifoyalanib qolgan.

Bu orada Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, o‘shanda prezident bilan Kommunarkada bo‘lganlarning barchasi har kuni koronavirusga test topshirmoqda. Ta’kidlanishicha, 1 aprelda Putin vazirlar bilan birinchi marta masofadan yig‘ilish o‘tkazishi rejalashtirilgan. Keyinroq Putin yana bitta yig‘ilish o‘tkazishi, biroq bu safar yig‘ilish yopiq tartibda o‘tishi belgilangan.

“Barcha uning masofadan ishlayotganini ko‘radi”, deb aytgan Peskov. Shu bilan birga u Putin o‘zini izolyatsiya qilish kerakligiga o‘rnak ko‘rsatishi haqidagi gaplarga qo‘shilmasligini aytgan. “Prezident odatda namoyishkorona choralar emas, amaliy choralar ko‘radi”, deb aytgan Peskov. Uning ta’kidlashicha, koronavirus xavfi sababli Rossiya prezidenti suhbatdoshlari bilan qo‘l berishib so‘rashmay qo‘ygan, chunki hozirda “hamma ijtimoiy masofalashuvga rioya qilishi” lozim.

Peskovning ta’kidlashicha, Kremlda Protsenko Putin bilan uchrashuvdan oldin koronavirusga test topshirgani-yo‘qligini bilishmaydi. “Biz buni bilmaymiz. Men yana bir bor takrorlayman, u [Protsenko] yoniga prezident kelayotganini hattoki bilmagan”, deb javob qilgan Peskov “Vedomosti” nashri savoliga.

Uning aytishicha, Kremlda koronavirusdan saqlanish uchun barcha ehtiyotkorlik choralari ko‘rilmoqda.
O‘z navbatida koronavirusga chalingan Denis Protsenko o‘zini yaxshi his qilayotganini va o‘z ishchi xonasida izolyatsiyada ekanini aytgan.

Yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis Yevgeniy Timakov “Kommersant” nashrining Protsenko Putinning tashrifi vaqtida virusga chalingan bo‘lgani yoki bo‘lmagani haqidagi savoliga javoban “odam koronavirus alomatlari paydo bo‘lishidan 2 kun avval yuqumliga aylanishini” ma’lum qilgan. “Vladimir Vladimirovich Kommunarkada bo‘lganda, Denis Protsenko yuqumli bo‘lgani ehtimoldan uzoq”, deb hisoblamoqda mutaxassis.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 30
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 71
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 40
  • So'nggi yangiliklar
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 26
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 17
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 30
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 18
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 25
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 71
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 40
  • Bo‘limlar