“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 13:08
ЎЗO‘Z

Italiyalik shifokor tibbiyot xodimlari qanday qilib koronavirus yuqtirib olayotganini aytib berdi

01 apr, 15:08 4 266 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Italiyalik shifokor tibbiyot xodimlari qanday qilib koronavirus yuqtirib olayotganini aytib berdi Foto: «RIA Novosti»
Italiyaning Rim shahridagi Nuova clinica Annunziatella kasalxonasining koronavirusga chalinganlarni davolash bo‘limi boshlig‘i Massimiliano Brunolo shifokorlar qanday qilib COVID-19’ni yuqtirib olishi mumkinligi haqida gapirib berdi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib Daryo xabar bermoqda.

Uning aytishicha, COVID-19 bilan kasallangan bemorlarga yordam beruvchi shifokorlar himoyalanish uchun zarur vositalarga ega va juda ehtiyotkorlik bilan harakat qilsa ham koronavirus yuqtirib olishi mumkin.

«Bizning ishimizda favqulodda vaziyatlar paydo bo‘lishi mumkin, masalan, traxeya intubatsiyasi paytida. Bu odatda og‘ir ahvoldagi bemorlarga yordam berish paytida sodir bo‘ladi. Bunday hollarda virus bilan bevosita aloqa qilmaslik juda qiyin. Xatar doim bo‘ladi va biz, shifokorlar, hech qachon qo‘rqmaymiz desam, mubolag‘a bo‘ladi. Shunga qaramay biz o‘z vazifamizni bajarib, odamlarga yordam beramiz», — degan u.

«Buning sababi ishimizni astoydil bajarishimiz, avval bemor, keyin o‘zimiz haqimizda o‘ylashimizdir», — deya qo‘shimcha qilgan shifokor.

Eslatib o‘tamiz, Italiya koronavirusga chalinganlar bo‘yicha Yevropada birinchi o‘rinda turibdi. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 12 428 kishiga yetdi, kasallar soni esa 105 ming kishidan oshdi.

Italiya Sog‘liqni saqlash oliy instituti ma’lumotlariga ko‘ra, epidemiya davomida 8 358 nafar italiyalik tibbiyot xodimlari koronavirus yuqtirib olgan, ulardan 63 nafari vafot etgan.

Virus tarqalishini real vaqt rejimida kuzatib boruvchi Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 861 mingdan, vafot etganlar esa 42,3 ming kishidan oshib ketdi.
Italiyalik shifokor, tibbiyot xodimlari, koronavirus




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 78
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 68
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 301
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 166
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 238
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 203
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 0
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 0
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 0
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 2
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 17
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 7
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 32
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 13
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 42
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 130
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 78
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 33
  • Bo‘limlar