“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 15:08
ЎЗO‘Z

Koronavirus inqirozi kapitalizm poydevorini yaxshigina silkitib tashlayapti

31 mar, 15:45 2 831 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus inqirozi kapitalizm poydevorini yaxshigina silkitib tashlayapti Koronavirusning oqibati shu bo‘ldiki, u kapitalizmning zaif tomonlarini ko‘rsatib bermoqda. AQSH va Britaniya misolida oladigan bo‘lsak, o‘ng va so‘l partiyalar orasida davlatning iqtisoddagi roli, soliq siyosati, ijtimoiy himoya va budjetni qanday sarflash bo‘yicha jiddiy ixtiloflar bo‘ladi.

AQSHda Demokrat va Respublikachilar, Britaniyada Leyboristlar va Konservatorlar bir-biriga muxolif. Ikki tomon ham kapitalizm tarafdori bo‘lsa-da, ular o‘rtasidagi asosiy ixtilof davlatning roli qanchalik bo‘lishida haqida.

Masalan, Leyboristlar ko‘proq soliq solib uni muhtojlarga taqsimlash tarafdori bo‘lsa, Konservatorlar iloji boricha soliqni kamaytirib, biznesga yordam berish kerak, deydi va oqibatda katta bizneslarga yon bosadi.

So‘lchi bo‘lgan AQSH Demokratlari va Britaniya Leyboristlari esa davlat soliqni oshirish hisobiga uzoq muddatli investitsiyalar qilish, infratuzilmani yaxshilash, maktablar va shifoxonalar qurish, kambag‘al qatlamga yordam berishga targ‘ib qiladi.

2008 yilgi inqirozdan keyin o‘ngchi bo‘lgan Respublikachilar va Konservatorlar budjet kamomadini kamaytirishga qattiq kirishib ketdi. So‘lchi bo‘lgan Demokratlar va Leyboristlar “hozir davlat sarflashini kesadigan paytmas, ishchilarni va bizneslarni qo‘llash uchun kamomad oshsa ham yordam berib turishimiz kerak, toki oyoqqa turib olguncha“, degan g‘oyani olg‘a surdi, ammo foydasi bo‘lmadi.

AQSHda Barak Obamaga qattiq qarshilik qilindi. Sog‘liqni saqlash sohasida ko‘zlagan islohotlarini to‘liq amalga oshirolmadi. Qisman qilgan ishini ham Donald Tramp kelib bekor qila boshladi.

Britaniyada 2010 yildan beri Konservatorlar qudratga kelib budjetni ayovsiz kesdi, ayni paytda katta bizneslarga soliq stavkasini kamaytirdi. Eng past va ojiz qatlam katta zarar ko‘rdi. Sog‘liqni saqlash sohasida inqiroz kuchaydi.

Mana endi maqsadga o‘tamiz. Koronavirus eng yomon paytda kelib qoldi. 12 yillik osteriti-kesish siyosatidan faqat skeleti qolgan sog‘liqni saqlash tizimi inqirozga tayyor emasligi shundoq ko‘rinib qoldi. Leyboristlar o‘n yildan beri ogohlantirgan fojia yuzaga keldi.

Budjet kamomadini kamaytirish uchun ko‘rgan choralari burnidan buloq bo‘lib chiqib ketmoqda. Chunki cho‘kayotgan iqtisodni qutqarish uchun AQSH ikki trillion dollarlik yordam dasturi qabul qildi. Britaniya ham jami besh yuz milliard dollardan oshiq yordam boshladi. Liberal erkin iqtisod tarafdorlari birdaniga sotsialistga aylanib qoldi.

1980 yillarda Britaniya bosh vaziri Temir Leydi laqabli Margaret Tetcher “Jamiyat degan narsa yo‘q, faqat shaxslar bor“ degan edi.

Koronavirusdan burni yerga ishqalangan Boris Jonson (Konservator partiyasidan) o‘sha Tetcherning mashhur gapiga ishora qilib, “Jamiyat degan narsa bor ekan“, deb e’tirof qildi .

Butun iqtisodiy tizimi jar yoqasiga kelib qolgan paytda davlat “Eng so‘ngi valine’mat, eng oxirgi chora“ rolini o‘ynamoqda. Xususiy bizneslar damini oldi, ular yaxshi kunlarda foyda ko‘rishni qoyillatarkan, xolos. Davlat bari bir davlatligini qilarkan .

Qanchalik tushuntiroldim, bilmadim. Ammo, koronavirus inqirozi kapitalizm poydevorini yaxshigina silkitib tashlamoqda. Iqtisodchilar 1929 yilgi depressiya miqyosidagi dahshatli iqtisodiy bo‘hron ehtimoli juda yaqinligini aytmoqda.

Eslatma: Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.

Fayziddin Mo‘minov




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi 30 apr, 14:37 0
  • Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidda odamlarni otib tashladi 30 apr, 11:30 135
  • Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi 30 apr, 11:13 70
  • Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi 30 apr, 10:50 25
  • Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi 30 apr, 10:01 147
  • AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti 30 apr, 09:09 91
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 30 apr, 14:49 0
  • AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi 30 apr, 14:37 0
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 21
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 30
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 16
  • Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi 30 apr, 11:53 36
  • Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidda odamlarni otib tashladi 30 apr, 11:30 135
  • Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi 30 apr, 11:13 70
  • Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi 30 apr, 10:50 25
  • O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin 30 apr, 10:26 24
  • Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi 30 apr, 10:01 147
  • Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi” 30 apr, 09:55 82
  • Bo‘limlar