“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 05:08
ЎЗO‘Z

Skvorsova koronavirusga qarshi Rossiya preparati haqida gapirdi

31 mar, 14:21 4 610 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Skvorsova koronavirusga qarshi Rossiya preparati haqida gapirdi Rossiya Federal biotibbiyot agentligi tomonidan taqdim etilgan koronavirusga qarshi Mefloxin preparati ta’siri yengil kechadi va aniq antikoronavirus ta’siriga ega, dedi FMBA (Federal biotibbiyot agentligi) rahbari Veronika Skvorsova.

"Mefloxin" va gidroxlorid - bezgakka qarshi belgilangan xininli dorilarning analoglari, ammo toksik kuchi unchalik jiddiy emas, yengil kechadi va antikoronavirus effekti yaqqol sezilarli, ya’ni mikrokonsentratsiyalarda (litriga o‘n millimol) ushbu dori to‘qima madaniyatida sitopatik ta’sirni to‘liq ingibirlashtirilishiga olib keladi", - dedi Skvorsova "Rossiya 1" kanalidagi "Vladimir Solovyov bilan oqshom" dasturida.

U FMBA Mudofaa vazirligining Mikrobiologiya instituti bilan dori vositasi ustida birga izlanishlar olib borilayotganini ta’kidladi.
FMBAda klinik sinovlarni o‘tkazish uchun Mefloxinning uch mingga yaqin qutisi mavjud, dedi Skvorsova. FMBA preparatni Kommunarkadagi shifoxonaga berib yuborishga tayyor.

Agentlik rahbari ushbu dori nafaqat davolash uchun, balki profilaktika uchun ham samarali bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
"Agar bu klinik sinovlarda tasdiqlansa, unda biz samarali davolash vositasiga ega bo‘lamiz", - deb ta’kidladi Skvorsova.

Ilgari FMBA Mefloxin bezgakka qarshi dorisi asosida koronavirus infeksiyasini davolash sxemasini ishlab chiqqan.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi koronavirus infeksiyasi COVID-19 tarqalishini pandemiya, deb e’lon qildi. BSST taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda virusni yuqtirganlik bo‘yicha 690 ming holat aniqlangan, 33 mingdan ziyod inson vafot etgan.

AQSH, Italiya, Ispaniya va bir qator Yevropa mamlakatlarida koronavirus bilan bog‘liq murakkab vaziyat yuzaga kelmoqda. COVID-19 tarqalishi boshlangan Xitoyda epidemiya tugagani haqida kecha - 30 mart kuni e’lon qilindi.

Bugungi kunga qadar Rossiyada koronavirus bilan kasallangan 1836 bemor ro‘yxatga olindi (ularning 1226 tasi Moskvada), 66 bemor sog‘ayib ketgan.
O‘zbekistonda 158ta kasallanish holati qayd etildi. 7 kishi tuzaldi, 2 kishi vafot etdi.
koronavirus, Rossiya preparati




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar