“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 17:53
ЎЗO‘Z

Dunyoda koronavirusning tarqalishidan daromad ko‘rgan kompaniya nomi oshkor qilindi

31 mar, 09:49 4 989 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dunyoda koronavirusning tarqalishidan daromad ko‘rgan kompaniya nomi oshkor qilindi Foto: Twitter
Dunyoda koronavirus pandemiyasi tarqalishidan daromad ko‘rayotgan yana bir kompaniya nomi oshkor qilindi. Bu Germaniyaning nafas yo‘llari uchun sun’iy havo yetkazib beradigan apparat vositalarini ishlab chiqaruvchi Draegerwerk kompaniyasi. Uning aksiyalari narxi 75 foizgacha ko‘tarilib ketgan, deb yozmoqda Bloomberg.

Draegerwerk qimmatli qog‘ozlarining narxi nemis indekslarining 17–30 foizgacha tushishi oqibatida balandlagan. Kompaniya aksiyalariga bo‘lgan talab yangi buyurtmalar haqidagi mish-mishlar tufayli oshib ketgan: Draegerwerk mamlakat ichidagi kasalxonalarga 10 mingta apparat yetkazib bermoqchi va yana shuncha vosita xorijga eksport qilinadi.

Tahlilchilar investorlarga Draegerwerk aksiyalarini portfelda ushlab turish va sotmaslikni tavsiya qilgan, sababi kelajakda apparat vositalari tanqisligi tufayli kompaniya aksiyalari yana ko‘tarilishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, ularning sotuvi kompaniyaga 2020 yilda taxminan 230 million yevro foyda keltiradi. Shu tariqa Draegerwerk’ning soliqqa tortilgunga qadar sof foydasi 173 million yevroni tashkil qilishi mumkin.

Draegerwerk 2019 yil hisobotlarida 2,78 milliard yevro daromad qilgani va soliqqacha foyda 66,6 million yevroni tashkil etgani qayd qilingan. 1,74 milliard yevro tibbiyot buyumlari savdosidan tushgan, sun’iy nafas berish qurilmalarining sotuvidan qancha foyda ko‘rilgani 2019 yil hisobotlarida ko‘rsatilmagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 0
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 1
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 4
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 14
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 64
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 86
  • So'nggi yangiliklar
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 0
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 1
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 0
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 4
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 14
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 31
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 10
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 64
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 31
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 17
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 86
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 94
  • Bo‘limlar