“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 18:01
ЎЗO‘Z

Qirg‘izistonda ham yoshlar to‘yni onlayn o‘tkazdi (video)

31 mar, 09:10 2 523 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qirg‘izistonda ham yoshlar to‘yni onlayn o‘tkazdi  (video) So‘nggi paytlarda koronavirus tufayli to‘yni onlayn o‘tkazish urfga kirmoqda. Avvaliga bunday to‘y Qozog‘istonda kuzatilgan edi, endi navbat Qirg‘izistonga yetdi.

Qirg‘izistonlik yoshlar koronavirus belgilangan to‘yni bekor qilishga bahona emas deb o‘ylashdi. Yuliya va Iskandar yaqinlari va do‘stlarining hayotini xavf ostiga qo‘ymaslik uchun Skype orqali o‘z to‘ylarini o‘tkazishdi va to‘yga 35 kishini taklif qilishga qaror qilishdi.

Yosh kelin-kuyovlarning aytishicha, ular nikohdan o‘tish arizasini qish oyida topshirishgan va to‘yni mart oyining oxiriga belgilashgan.
Dunyoda kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi xavfi tufayli ular hayotlarining unutilmas onlarini yaqin qarindoshlari va do‘stlarini Skype ijtimoiy tarmog‘ida to‘plab nishonlashdi.

Rejaga binoan bularning barchasi bir soat ichida tugashi kerak edi, lekin “bazm” cho‘zilib ketdi. Tostlar biz mo‘ljallagandan ham uzunroq va samimiy bo‘ldi. Shu bois oqshom biroz cho‘zildi. Turmush o‘rtog‘im bilan hatto ilk raqsimizni ijro etishga muvaffaq bo‘ldik. Bu tostlar, tabriklar va mehribon yaqinlar davrasidagi odatdagi to‘y bo‘ldi”, - deya Sputnik Qirg‘iziston nashriga yoshlar o‘z to‘ylari haqida so‘zlab berishdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, to‘y nafaqat qiziqarli, balki kamxarj bo‘lib o‘tgan.

O‘zbekistonda to‘ylar masalasi qanday?
Kecha AOKA huzuridagi shtabda Adliya vazirining matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etilishi munosabati bilan 2020 yilning 25 martidan boshlab Adliya vazirligi tizimidagi FHDYO bo‘limlarida fuqarolarni qabul qilish xodimlarning navbatchiligi asosida kechiktirib bo‘lmaydigan holatlardagina (tug‘ilish va o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvlarini qayd qilish) tashkil qilingan darcha orqali amalga oshirilishini ma’lum qilgan edi.
koronavirus, onlayn to'y




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 49
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 275
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 95
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 19
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 18
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 49
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar