“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 21:47
ЎЗO‘Z

Koronavirusdan Xitoy foyda ko‘rayaptimi?

29 mar, 23:15 4 814 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirusdan Xitoy foyda ko‘rayaptimi? Avvaliga barchasini shunchaki o‘quv trevogasi deb yozishgandi...
Shu kunlarda butun dunyo oyoqqa turgan. Hamma koronavirus bilan birdamlikda kurashyapti. Ammo taniqli ekspert Yaroslav Bixovskiyning masalaga yondashuvi boshqacha. U o‘latdan so‘nggi uch oyda Xitoy davlati nima foyda ko‘rdi, deya savol qo‘yadi va o‘z fikrlarini quyidagicha bayon etadi:

1. Xitoy — zamonaviy biologik urushga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib oldi. Butun dunyoga master-klass ko‘rsatdi hamda Xitoyga qarshi qaratilgan xatti-harakat yaxshi samara bermasligini amalda isbotladi.
2. Aholini qisqa muddatda va samarali qayta ro‘yxatdan o‘tkazdi.
3. Raqamli diktaturani kuchaytirdi. Ijtimoiy tarmoqlar va barcha kommunikatsiya tizimini nazoratiga oldi.
4. Kim kim bilan aloqada bo‘ldi, kim bilan bir vagonda ketdi, kim bilan gaplashdi, hammasini aniqlay oldi.
5. Nolegallarni aniqladi va barchasini mamlakatdan chiqarib yubordi.
6. Xorijliklarning aksariyatini "yumshoqlik" bilan o‘lkadan chetlashtirdi. Ya’ni ularning o‘zlari evakuatsiya qilinishlarini xohlashdi. Qolganlari esa nazoratga olindi.
7. Butun mamlakatni ommaviy va tezkorlik bilan bloklash mexanizmini ishlab chiqdi.
8. Yer yuzi aholisiga Xitoy nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi. 1,5 milliard odamning barchasiga niqob taqtirib, barchani karantinda ushladi, bir haftada mega shifoxonani qurib bitkazdi.
9. Butun mamlakat gigiyenaga qanday rioya qilishni o‘rgandi.
10. Yovvoyi hayvonlarni iste’mol qilish oddiy hol bo‘lgan ko‘plab provinsiyalarda buni qonun yo‘li bilan taqiqlashga erishdi.
11. Butun jahon Xitoyga naqadar bog‘liq bo‘lib qolganligini amalda ko‘rsatdi.
12. Dunyo inqiroziga olib keladigan ishlab chiqarish zanjirini muzlatib qo‘ydi.
13. Politsiya va umuman xizmatlarda ommaviy ravishda dronlar va avtomatlashgan kuzatish vositalarini amaliyotga tatbiq qildi.
14. Niqob taqib yurgan odamning yurishiga qarab ham videokameralar shaxsini aniqlashtirish yo‘lini topdi.
15. Gongkongdagi norozilik namoyishlarini to‘xtatib, Xitoy hukumatining ta’sirini kuchaytira oldi.
16. Eng muhimi: hozircha butun dunyo shu inqiroz bilan kurashib turgan pallada Xitoy pandemiya vaziyatidan allaqachon chiqib, quyidagilarni amalga oshirmoqda:

✅ arzonlashayotgan aktivlarni sotib olmoqda;
✅ kuchsiz davlatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish orqali o‘z global ta’sirini kengaytiryapti;
✅ neft narxining tushishini “o‘yin” qilmoqda.

O‘ylab ko‘rish kerak.
UPGRADE biznes maktabi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 0
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 1
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 65
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 36
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 80
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 116
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 0
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 0
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 1
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 2
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 11
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 63
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 20
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 35
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 80
  • Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi 30 apr, 17:21 93
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 116
  • Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi 30 apr, 16:46 82
  • Bo‘limlar