“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 22:00
ЎЗO‘Z

Britaniyalik karantin vaqtida marafon masofasini o‘z uyida bosib o‘tdi

29 mar, 20:39 2 125 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Britaniyalik karantin vaqtida marafon masofasini o‘z uyida bosib o‘tdi Foto: Twitter
Bugungi kunda koronavirus tufayli dunyoning aksar davlatlarida karantin joriy etilgan. Dunyo bo‘ylab ko‘plab tadbirlar, sport musobaqalari bekor qilingan.

Ammo qalovini topsa, qor ham yonadi deganlaridek, londonlik 36 yoshli Jeyms Peyj karantin vaqtida ham sevimli mashg‘uloti bilan shug‘ullanishning yo‘lini topdi. U o‘z uyining tor hovlisida marafon masofasini bosib o‘tdi.

The Guardian nashri xabariga ko‘ra, Jeyms koronavirus tarqalishigacha avval Londonda, keyin Sahroi Kabirda o‘tkaziladigan marafonlarda qatnashishni reja qilib bu musobaqalarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgan. Koronavirus tufayli har ikki musobaqa ham bekor qilindi. Buning ustiga, Britaniya hukumati karantin vaqtida fuqarolarga faqat o‘z uylaridan chiqmay sport bilan shug‘ullanishga ruxsat bergan.

Biroq Jeyms bo‘sh kelmadi va musobaqalar uchun ko‘rgan tayyorgarligi zoye ketishini xohlamay, marafoncha yugurishni o‘z uyining tor hovlisida amalga oshirdi. U 4 soat-u 57 daqiqada o‘zining mo‘’jaz hovlisida 873 marta aylanib, 42 kilometr 195 metr masofani yugurib o‘tdi va hatto tomoshabinlardan saraton kasalligiga chalingan bolalarga yordam berish xayriya maqsadida uch ming funt sterling yig‘ishga ham ulgurdi.

My story on James Page, who ran a marathon in his garden this week so his race training wouldn't go to waste https://t.co/5rChtIQby2

— Max McLean (@mxmcln) March 28, 2020

Yugurish vaqtida Jeyms tizzalarini shikastlamaslik va boshi aylanmasligi uchun har 20 daqiqada yo‘nalishni o‘zgartirib turdi. Qizig‘i shundaki, Jeyms marafon so‘ngida finish chizig‘i lentasi o‘rniga hojatxona qog‘ozidan foydalandi va uni yirtib o‘tdi.

Jeymsning bu ishini hamma ham olqishlamadi. Internetda unga qarata qahr-g‘azabga yo‘g‘rilgan izohlar ham yozildi. Jeymsning ishidan g‘azablanganlarning fikriga ko‘ra, do‘konlarda hojatxona qog‘ozi yetishmayotgan bir vaqtda marafonchining finish lentasi sifatida bu «noyob» qog‘ozdan foydalanishi insofdan emas.

Shuningdek, bayramona kayfiyatni Jeymsning turmush o‘rtog‘i ham biroz buzdi. U devorda erining krossovkasidan qolgan izlarni ko‘rib, ta’bi tirriq bo‘lgan. Marafonchining aytishicha, biroz o‘tib xotinining jahli bosilgan va devorga yetkazilgan arzimagan zarar uchun uni kechirgan.

Qizig‘i, Jeyms karantin davrida marafoncha yugurgan ilk odam emas. Avvalroq favqulodda holatlardan boshqa payt ko‘chaga chiqish taqiqlangan Fransiyada 32 yoshli fuqaro o‘zining bor yo‘g‘i 7 metrli balkonida 42 kilometr chopib, marafoncha yugurishni amalga oshirgani aytilgandi.

Ma’lumot uchun, marafoncha yugurish 1896 yilgi ilk olimpiada o‘yinlaridan boshlab musobaqalarga kiritilgan va an’anaviy tarzda erkaklar o‘rtasidagi g‘olib musobaqaning yopilish marosimi arafasida aniqlanadi. Plutarx asarlariga ko‘ra, marafoncha yugurish tarixi eramizdan avvalgi 490 yilga borib taqaladi. Afsonaga ko‘ra, Filippid ismli jangchi Marafon shahri yaqinidagi jangda greklar g‘olib bo‘lganini aytish uchun Marafondan Afinagacha yugurib boradi. Afinaliklarga g‘alaba xabarini yetkazgan jangchi yo‘lda holdan toyib halok bo‘ladi. U yugurib o‘tgan masofa esa aynan 42 kilometr 195 metrga teng bo‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 110
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 237
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 145
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 61
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 371
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 25
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 169
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 139
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 253
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 203
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 77
  • Bo‘limlar