“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 12:25
ЎЗO‘Z

Putin G20 davlatlariga savdo urushlari va xalqaro sanksiyalardan voz kechishni taklif qildi

27 mar, 14:47 3 854 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Putin G20 davlatlariga savdo urushlari va xalqaro sanksiyalardan voz kechishni taklif qildi Foto: Rossiya prezidenti matbuot xizmati
Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirus pandemiyasi munosabati bilan chaqirilgan G20’ning favqulodda sammitida dori-darmon, oziq-ovqat, asbob-uskunalar va texnologiyalarni o‘zaro yetkazib berish uchun savdo urushlari va xalqaro sanksiyalardan voz kechishni taklif qildi. Bu haqda Meduza'ga tayanib Daryo xabar bermoqda.

«Biz birinchi navbatdagi zarur tovarlarni cheklashga, shuningdek, ularni sotib olish uchun moliyaviy tranzaksiya chekloviga yakdillikda moratoriy joriy etishimiz kerak», — degan Putin.

U, shuningdek, Xalqaro valyuta fondi qoshida pandemiyadan aziyat chekkan mamlakatlarga moliyaviy yordam berish uchun maxsus jamg‘arma tashkil etishni taklif qildi.

Qayd etilishicha, G20 sammiti videoaloqa shaklida o‘tkazilgan. Sammit natijalari bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qilingan bo‘lib, «Katta yigirmatalik» davlatlari koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozni yechish uchun 5 trillion AQSH dollari ajratishga kelishgan.

«Aftidan, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq muammolar 2008—2009 yillardagi moliyaviy inqirozdan ham kuchliroq zarbalarga olib kelishi mumkin, savdo mojarolari va sanksiyalar esa retsessiyani kuchaytiradi», — degan Putin.

Birinchi navbatdagi zarur tovarlarga oziq-ovqat mahsulotlari kiradi. Rossiyada 2014 yildan buyon oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishga taqiq o‘rnatilgan.

Avvalroq Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristalina Georgiyeva 2020 yilda jahon iqtisodiyotini 2008 yildagidan ham og‘irroq retsessiya kutayotganini, koronavirus oqibatida qiyinchiliklarga, asosan, rivojlanayotgan davlatlar duch kelishi kutilayotganini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada bir sutkada koronavirusga chalinganlar soni rekord darajada ko‘paydi. Mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 25 mart holatiga ko‘ra, 658 kishiga yetgan. Butun dunyo bo‘ylab koronavirus qurbonlari 24 ming kishidan oshib ketdi. Kasallikni yuqtirib olganlar soni esa 531,7 ming kishidan oshgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 1
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 169
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 45
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 390
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 227
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 0
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 6
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 12
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 20
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 169
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 45
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 293
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 241
  • Bo‘limlar