“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 22:40
ЎЗO‘Z

Biz hali ham axborot siyosatida eski prinsiplardan voz kechmayapmiz

25 mar, 13:53 2 838 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Biz hali ham axborot siyosatida eski prinsiplardan voz kechmayapmiz Allaqachon sakkizinchi bemor aniqlanganda onlayn mediada asosiy kontent choralar ko‘rilayotgani, odamlar karantinga olingani va "vahima qilmaslik, vahima qilmaslik va vahima qilmaslik..."dan iborat edi. Eng ta’sir doirasi keng saytlarda "Koronavirus: vahimaga o‘rin bormi?"ga o‘xshagan buyurtmaning hidi keladigan maqolalar e’lon qilindi.

Natija - ko‘chaga maska va perchatka taqib chiqsang, yo Xudoga, peshonangga bitgan taqdirga ishonmaydiganga, yo vahimachi satangga chiqding, to‘y qilsang, mardsan, to‘yga bormasang nomardsan, kunlar ilib ko‘chada bolalar qiy-chuv chopgan, o‘ynagan, xolalar podezd tagidagi o‘sha qadrdon o‘rindiqlarini tark etmagan, ustalar izolyatsiya tugul... Odamlar hech narsadan qo‘rqmaydi, ya’ni maslahatga binoan vahima qilmaydi.

Oradan roppa-rosa 9kun (!!!) o‘tib, o‘zining virusni yuqtirib olish ehtimolini 0 ga teng deb o‘ylab yurgan, ya’ni vahimaga berilmagan bir qizaloq hech narsadan hech narsa virusni yuqtirib olganda xabar beriladi: "Fransiyadan kirib kelgan ilk bemor yetib kelgan kuni o‘z xonadonida 35 kishi ishtirokida bayram qilgan.

O‘sha mehmondorchilikda qatnashganlardan 13 kishida bugungi kunda bu kasallik qayd etildi. U bilan samolyotda 250 kishi kelgan, aeroportda tushganidan keyin shaxsiy avtomobilida ham oila a’zolariga yuqtirgan. Keyin ishiga chiqqan va ish joyida 80 nafar xodim va 42 nafar bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan.

Bu zanjir davom etadi. O‘sha muloqotda bo‘lganlar ham o‘z navbatida oila a’zolari yoniga qaytadilar, kundalik hayotdagi ishlarini bajaradilar, do‘kon, sartaroshlarga kiradilar.

Ya’ni bu o‘rinda kasallik geometrik progressiyada tarqalib ketishi mumkin", deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori.

Aslida bu informatsiya qachon berilishi kerak edi? To‘qqiz kun deganda endi aniqlandimi necha kishi bilan muloqotda bo‘lgani? Bu progressiya haqida internet titib, 2-3 oydan beri bo‘layotgan voqealardan xabardor odamlar qisman bilardi xolos. Aholining necha qismi internet foydalanuvchisi? Hozir aholiga nechta koronovirus yuqtirib olgan odam borligini aytishdan ham ko‘ra, shu progressiyani, zanjirni tushuntirish mantiqan to‘g‘riroq va samaraliroq edi.

Favqulodda vaziyatlarda axborot uzatishda aholi vahimaga tushishi riski va yoki aholining hushyor tortishi keltiradigan foyda hisoblab chiqilishi kerak! Axborotning to‘liq berilmasligi yoki bor holatni yengilroq ko‘rsatishga intilish qanday oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligi haqida o‘ylanishi kerak. o‘zi bergan axborotni o‘zi rad etib, axborotga nisbatan ishonchsizlik keltirib chiqarish o‘rniga.

Mobodo, rostdan ham o‘sha kasallangan bemor hamshira bo‘lsa-yu hamshiralar yoppasiga ish tashlab ketishidan xavfsirab inkor etilayotgan bo‘lsa axborot, Ispaniyadagi har 8 kishidan 1 tasi hamshiraga to‘g‘ri kelayotgani, ya’ni ulardagi kabi e’tiborsizlik qilmay, xavfsizlik choralarini ko‘rish maqsadga muvofiqligi to‘g‘riroq yechim bo‘la olishi o‘ylanishi kerak. Aholi har bir detaligacha boxabar va ogoh bo‘lishi bo‘lishi kerak vaziyatdan. O‘zingizni kechira olasizmi, xudo asrasin, vaziyat boshqacharoq tus olsa...?

Eslatma: Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.

Parvina Omonova




Mavzuga oid yangiliklar
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 0
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 1
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 1
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 6
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 65
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 220
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 49
  • Bo‘limlar