“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 20:25
ЎЗO‘Z

BMT bosh kotibi koronavirus sababli dunyodagi barcha nizolarni to‘xtatishga chaqirdi

23 mar, 23:30 3 793 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
BMT bosh kotibi koronavirus sababli dunyodagi barcha nizolarni to‘xtatishga chaqirdi Foto: Wikipedia
Guterresh urushlardan xarob bo‘lgan davlatlarda tibbiy xizmat tizimi jar yoqasida ekanligini aytdi.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh koronavirus sababli dunyodagi barcha nizolarni to‘xtatishga chaqirdi.

"Dunyo umumiy dushman - COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan yuzma-yuz turibdi. Virus irqi, millati yoki dinidan qat’iy nazar barchani mahv etmoqda. U barchani shafqatsizlik bilan qirmoqda. Shu bilan birga, butun dunyoda qurolli nizolar avj olgan. Jilovsiz virus urush telbaliklarini namoyish etmoqda. Shu bois dunyoning barcha burchaklarida o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqiraman", - dedi Guterresh.

Guterresh urushlardan xarob bo‘lgan davlatlarda tibbiy xizmat tizimi jar yoqasida ekanligini aytdi. U tibbiyot xodimlari tez-tez hujumlarga duch kelishayotganini ta’kidladi.

"Qurolli nizolarga chek qo‘yish va birgalikda hayotimizdagi haqiqiy kurashga e’tiborimizni qaratish vaqti keldi. Men urushayotgan tomonlarga murojaat qilmoqchiman: harbiy harakatlarni to‘xtating", - dedi BMT bosh kotibi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda koronavirusdan zararlanganlar soni 350 mingga yaqinlashdi, shundan 100 mingdan oshiq kishi tuzalib ketdi, 15 297 kishi vafot etdi.
O‘zbekistonda 23 mart holatiga ko‘ra, virus yuqtirganlar soni 46 nafarni tashkil etmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 63
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 35
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 80
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 116
  • AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi 30 apr, 14:37 65
  • Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidda odamlarni otib tashladi 30 apr, 11:30 325
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 0
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 1
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 11
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 63
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 20
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 35
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 80
  • Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi 30 apr, 17:21 93
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 116
  • Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi 30 apr, 16:46 82
  • Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi 30 apr, 16:27 44
  • Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi 30 apr, 16:05 17
  • Bo‘limlar