“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 07:07
ЎЗO‘Z

Xitoylik ekspertlar koronavirusga qarshi kurashdagi samarali choralarni ma’lum qildi

23 mar, 20:54 4 257 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoylik ekspertlar koronavirusga qarshi kurashdagi samarali choralarni ma’lum qildi Ayni vaqtda Xitoyda epidemik vaziyat nafaqat yaxshilangani, balki hukumat uning ustidan g‘alaba qozondi, deb e’tirof etilmoqda.

Epidemiya boshlangan vaqtdagi eng ta’sirli chora — profilaktika, ya’ni zararlanganlarni aniqlash va ular bilan muloqotda bo‘lganlarning barchasini o‘z vaqtida izolyatsiya qilish, deydi XXR sog‘liqni saqlash ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi oliy ekspert komissiyasi boshlig‘i akademik Chjun Nanshan. Koronavirus zotiljamining o‘ziga xosligi shundaki, dastlabki simptomlarga qadar bemor boshqalarni ham zararlashi mumkin. Shuning uchun u bilan muloqotda bo‘lganlarning barchasi tekshirilishi lozim.

"Men ayrim mamlakatlarning faqat bemorlardangina tahlil olish usuliga qo‘shilmayman. Xorijdan kelganlarning barchasidan nuklein kislotasiga test olish kerak, probani esa tanglaydan emas, burundan olgan ma’qul", — deydi Chjun Nanshan.

"Xitoyda umumiy tusdagi nomedikament choralar qo‘llanildi, ya’ni izolyatsiya, tibbiy kuzatuv, muloqotni cheklash va shaxsiy himoya vositalari. Bu infeksiya tarqalishini to‘xtatish, kasallanishning o‘sishini sindirish imkonini berdi. Boshqa mamlakatlar ham shunday yo‘l tutishi kerak. Qancha tez bo‘lsa, shuncha yaxshi", — deydi XXR sog‘liqni saqlash ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha ekspert komissiyasi rahbari Lyan Vannyan.

Transportga alohida e’tibor qaratish darkor, deb eslatadi Xubey provinsiyasining mikrorayonlar miqyosida epidemiologiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ekspert guruhi rahbari U Xao. Yo‘lovchilar oqimi va vagonlar tirbandligini pasaytirish uchun Pekin metropoliteni smartfon ilovasi orqali ertalab metroda yurish uchun ariza berish tizimini joriy etdi. Kasalxona va turarjoy maskanlari yaqinidagi barcha stansiyalar kislorod yetkazib berish tizimi bilan ta’minlandi. Platformalar, tonnellar va ventilyatsiya inshootlari bir sutkada bir necha marta dezinfeksiya qilinmoqda.

Akademik Chjun Nanshanning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda zudlik bilan epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

"Shifokorlar maksimal darajada o‘z xavfsizliklarini ta’minlab, undan keyingina boshqalarni qutqarishga kirishishlari kerak", — deb ta’kidlaydi u.

Epidemiya boshlangan vaqtda himoya choralari borasida yetarlicha xabardorlik bo‘lmaganligi va tibbiy vositalarning yetishmasligi natijasida uch mingga yaqin tibbiyot xodimlari kasallikka chalindi. Bu ularning ishga bo‘lgan xohishini kamaytirdi. Ammo xatolar darhol hisobga olindi va hatto Uxanga qo‘shimcha 50 ming nafar shifokorni jo‘natish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Uxan universitetining jamiyatshunoslik fakulteti dekani Xe Syuyefenning qayd etishicha, Xitoyda odamlar to‘planishining uchta asosiy shakli nazoratga olindi. Birinchisi — korxona va tashkilotlar miqyosida. Bu yerlarda har bir xodimning harakati va salomatligi nazorat qilindi.

Ikkinchisi —mikrorayonlar miqyosida. Boshqaruv kompaniyasi, mulkdorlar shirkati yoki uy-joy boshqaruv shirkati yashovchilarga shaxsiy va jamoaviy himoyalanish bo‘yicha ko‘rsatma va ko‘mak berdi. Va nihoyat, uchinchisi — jamoatchilik. Har bir turarjoy korpusida faollar umumiy tartibni nazorat qildi. Epidemiya vaqtida bunday choralar qo‘ni-qo‘shnilar orasiga nifoq solmaydi, balki aksincha, birlashtiradi, deya qayd etadi ekspertlar. Masalan, oiladagi barcha kattalar karantinda bo‘lib, ularning farzandlari karantindan uyga qaytishsa, uy-joy bo‘yicha mas’ul ularga qarab turish uchun qo‘shnilarning navbatchilik ro‘yxatini tuzadi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Uxan shahriga koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashda yordam berish uchun mamlakatning boshqa hududlaridan yuborilgan shifokorlar uylariga jo‘natila boshlandi. Ayni vaqtda Xitoyda epidemik vaziyat nafaqat yaxshilangani, balki hukumat uning ustidan g‘alaba qozonildi, deb e’tirof etilmoqda.

Oxirgi bir kun ichida Xitoyda virusga chalinish bo‘yicha 46 ta yangi holat, jumladan mamlakat ichida bitta va xorijdan kelganlar orasida 45 ta holat qayd etilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 75
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 157
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 113
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 143
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 61
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 86
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 75
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 157
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 28
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 59
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 109
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 113
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 143
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 61
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 102
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 86
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 35
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 68
  • Bo‘limlar