“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 08:52
ЎЗO‘Z

Italiyada so‘nggi bir oy ichida koronavirus bilan bog‘liq holat ilk marta ijobiy tomonga o‘zgardi

23 mar, 12:00 4 898 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Italiyada so‘nggi bir oy ichida koronavirus bilan bog‘liq holat ilk marta ijobiy tomonga o‘zgardi Milan shahrining markaziy maydonlaridan birida o‘rnatilgan armiya nazorat nuqtasi. Italiya hukumati qat’iy karantin choralariga qaramay ko‘chaga chiqayotgan aholini to‘xtatish uchun askarlarni jalb etishga qaror qildi. ©️ Carlo Cozzoli/REX/Shutterstock
Italiyada koronavirusga chalinganlar soni 2020 yil 22 mart kuni yana 5 560 nafarga oshib, jami 59 138 kishini tashkil etdi. Kecha vafot etganlar soni 651 kishi bo‘lib, jami 5 476 italiyalik bu kasaldan halok bo‘ldi.

Ammo bu mamlakatda pandemiya avj olgan mart oyining boshidan beri birinchi marta ijobiy holat kuzatildi: 22 mart kuni bir kun oldingidan 997 nafar kamroq insonda koronavirus aniqlandi, vafot etganlar soni ham avvalgi kunga nisbatan 142 kishiga kamaydi. Bu yangi kasallanganlar miqdori 15%, vafot etganlar miqdori esa 18%ga pasayganini ko‘rsatadi.

Shunga ko‘ra, Italiyada koronavirus tarqalishiga qarshi ko‘rilayotgan keskin choralar natijasida kasallik sezilar-sezilmas darajada bo‘lsa ham chekinayotganga o‘xshaydi.

“Biz 11 mart kuni joriy etilgan qat’iy karantin choralari yana 2-3 haftaning ichida o‘zining ilk natijalarini berishini kutyapmiz. Shu jihatdan kelayotgan hafta muhim: nihoyat mavjud o‘sish ko‘rsatkichlari teskarisiga rivojlanishini taxmin qilyapmiz”, dedi Italiya Sog‘liqni saqlash oliy kengashi prezidenti Franko Lokatelli.

Shunga qaramay, Italiya ushbu virusdan zararlanish holatlari bo‘yicha Xitoydan keyingi ikkinchi o‘rinda, o‘lim holatlari bo‘yicha esa birinchi o‘rinda turibdi. Shuningdek, 7 024 italiyalik kasallikdan tuzalib ketgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 0
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 58
  • So'nggi yangiliklar
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 234
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 58
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 248
  • Bo‘limlar