“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 09:16
ЎЗO‘Z

Tramp Xitoyni koronavirus xavfidan ertaroq ogohlantirmaganlikda aybladi

22 mar, 10:45 3 539 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tramp Xitoyni koronavirus xavfidan ertaroq ogohlantirmaganlikda aybladi Foto: REUTERS/Jonathan Ernst
AQSH prezidenti Donald Tramp Xitoyni koronavirus xavfidan o‘z vaqtida ogohlantirmaganlikda ayblab, uni yashirin davlat deb atadi.
Trampning ta’kidlashicha, Xitoy hukumati AQSHni koronavirus oqibatlaridan 2-3 oy oldinroq ogohlantirishi kerak edi. U bunday fikrni Oq uyda jurnalistlar bilan savol-javob vaqtida bildirdi.

Men bu davlatni, uning yetakchisini hurmat qilaman, u mening do‘stim. Ular bizni bundan ertaroq ogohlantirishlari kerak edi. Biz u [koronavirus] tarqala boshlamaguncha hech narsa bilmaganmiz”, deb aytgan AQSH prezidenti.

Bizda bunga tayyor turishga vaqt bo‘lmagan. Xitoy, afsuski, juda yashirin davlat”, deb arz qilgan Tramp.
Uning ta’kidlashicha, Pekin tomonidan “xavf haqida ertaroq ogohlantirish” amerikalik shifokorlarga infeksiyaning mamlakat bo‘ylab tarqalishiga tayyorgarlik ko‘rishga imkon bergan bo‘lardi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH razvedka xizmati hukumatni yanvar va fevraldayoq virus avj olishi pandemiyaga aylanishi mumkinligi va mamlakatga xavf solayotganidan ogohlantirgan. Ta’kidlanishicha, Tramp Markaziy razvedka boshqarmasining Xitoy va dunyoda virusning tarqalishi haqidagi hisobotlariga ishonqiramay, Oq uy vakillari bilan birgalikda rasmiy bayonotlarda “xavfni kamaytirib ko‘rsatishni” afzal bilgan.
koronavirus, Xitoy, Tramp




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 0
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 20
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 221
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 114
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 168
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 149
  • So'nggi yangiliklar
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 0
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 0
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 8
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 20
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 79
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 221
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 95
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 54
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 114
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 168
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 149
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 225
  • Bo‘limlar