Koronavirus infeksiyasini yangi yuqtirganlarning yetti nafari Qozog‘iston poytaxtida qayd etildi. Kasallanganlarning umumiy soni 44 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
«Nursulton shahrida yana 7 kishida koronavirus infeksiyasini yuqtirish holati qayd etildi. Hozirgi kunda mamlakatda 44 ta koronavirus holati ro‘yxatga olingan», — deb yozadi «RIA Novosti».
Press-relizda yozilishicha, koronavirusga chalinganlarning 19 tasi Olmaotada, 25 tasi Nursultonda qayd etilgan. Bugundan Nursulton va Olmaotada koronavirus tufayli karantin joriy etildi. 16 martdan beri mamlakatda favqulodda holat e’lon qilingan.