“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 12:38
ЎЗO‘Z

Xitoyda koronavirus epidemiyasi boshlangandan beri kasallanishlar soni birinchi marta nolgacha tushdi

19 mar, 12:10 4 143 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoyda koronavirus epidemiyasi boshlangandan beri kasallanishlar soni birinchi marta nolgacha tushdi Foto: AP
Xitoyda koronavirus epidemiyasi boshlangandan beri birinchi marta mamlakatda kasallikni yuqtirish holatlari qayd etilmadi, shifokorlar faqat tashqaridan olib kirilgan infeksiya bilan shug‘ullanmoqda. Bu haqda Bloomberg Xitoy sog‘liqni saqlash bo‘yicha davlat komissiyasi va mutaxassislarning ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

O‘tgan kun davomida 34ta holat aniqlandi, ammo barcha holatlarda bu mamlakatga tashqaridan olib kirilgan infeksiyadir. Xubey provinsiyasining ma’muriy markazi, mart oyiga kelib pandemiyaga aylangan SOVID-19’ning tarqalishi boshlangan Uhan shahrida bir kunda kasallanish darajasi nolga teng bo‘ldi. Agentlikning Xitoy rasmiylaridan olingan ma’lumotlarga tayanib ta’kidlashicha, Xitoy qolgan qismida yetti kun ichida kasallikning yangi holatlari qayd etilmagan.

London gigiyena va tropik tibbiyot maktabining yuqumli kasalliklar epidemiologiyasi professori Devid Xeymanning fikricha, 60 million aholiga ega bo‘lgan Xubey provinsiyasining o‘zidagi karantin choralari shunday natijaga olib keldi. Xitoy davlat sog‘liqni saqlash komissiyasi infeksiyaning tashqaridan olib kirilishiga qarshi kurashga bor e’tiborni qaratdi. Bir kunda aniqlangan 34ta holatdan 21tasi eng ko‘p odamlar kelgan Pekinda qayd etildi. «Agar virus yana paydo bo‘lsa, u tezda yo‘q qilinadi», - deya ta’kidlaydi Jorjtaun universiteti sog‘liqni saqlash va xavfsizlik bo‘yicha global markaz direktori Rebekka Kas.

XXR davlat sog‘liqni saqlash komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yil dekabr oyi oxirida boshlangan epidemiyada kasallanishning tasdiqlangan holatlari soni Xitoyning materik qismida 80 928tani tashkil etdi. 19 mart kuniga kelib 3 245 kishi vafot etdi. Xubey provinsiyasida bir sutkada sakkiz kishi, ulardan olti nafari Uhanda hayotdan ko‘z yumdi.

COVID-19 koronavirus pandemiyasining yangi turi 160 mamlakatda tarqaldi. Virusdan qariyb 220 ming kishi kasallandi, 9 mingga yaqin kishi vafot etdi. 18 mart kuni Yevropada virus o‘chog‘i bo‘lgan Italiyada bemorlarning 475 nafari vafot etgan, bu mamlakatda rekord ko‘rsatkichdir. Italiyada virus tarqalishi boshlanganidan buyon 35713 kishi uni yuqtirib olgan, vafot etganlar soni 2978 nafarga yetgan, 4025 kishi tuzalib ketgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 138
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 74
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 62
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 85
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 12
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 16
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 137
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 73
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 61
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar