“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 10:26
ЎЗO‘Z

Avstraliyalik olimlar immun tizimi koronavirusga qarshi qanday kurashishini aniqlashdi

18 mar, 20:30 4 456 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Avstraliyalik olimlar immun tizimi koronavirusga qarshi qanday kurashishini aniqlashdi Foto: EPA
Avstraliyalik olimlar inson immun tizimining koronavirusga qarshi qanday kurashishini aniqlashga erishganliklarini bildirishdi.
Olimlar o‘tkazgan tadqiqotlarning seshanba kuni Nature Medicine jurnalida e’lon qilingan natijalari shuni ko‘rsatadiki, yangi virusli infeksiyani bartaraf etish mexanizmi odatiy grippga qarshi kurashdan deyarli farq qilmaydi.

Bu shuni anglatadiki, o‘rganishlar koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqishda yordam beradi.
Bugunga kelib dunyo bo‘ylab 160dan ortiq davlatda 190 mingdan ortiq infeksiya holati tasdiqlangan; koronavirus 7,5 ming kishining hayotiga zomin bo‘ldi.

«Ushbu kashfiyot juda muhim, chunki biz birinchi navbatda immunitet tizimimiz yangi koronavirus bilan qanday kurashishini juda yaxshi angladik», deydi tadqiqotning hammuallifi, professor Ketrin Kedzirska.
Melburn shahridagi Piter Doerti infeksiyalar va immunitet institutida o‘tkazilgan tadqiqotni ko‘plab mutaxassislar yuqori baholashdi.

Olimlar nimani kashf etishdi?
Covid-19 virusini yuqtirgan odamlarning aksariyati sog‘ayib ketishi inson immuniteti virusga samarali qarshi tura olishini tasdiqlamoqda.
Ammo bu kurash aynan qanday amalga oshadi? Ushbu jangda ishtirok etuvchi to‘rt xil immunitet hujayralarini aniqlagan avstraliyalik olimlar bu savolga javob topishdi.
Tadqiqotlarda koronavirus keltirib chiqargan zotiljam yengil shaklda kechayotgan va avvallari hech qachon sog‘lig‘idan shikoyat qilmagan ko‘ngillilar ishtirok etdi.

Shunday qilib, Avstraliyadagi kasalxonalardan biriga keyinchalik 14 kun ichida sog‘ayib ketgan uxanlik 47 yoshli ayol yotqiziladi.
Professor Kedzirskaning BBC nashriga bergan intervyusida tushuntirishicha, tadqiqotchilar «ushbu bemor immun tizimining reaksiyasini to‘liq o‘rganib chiqishgan».

Ayol tiklanishidan uch kun oldin, uning qonida o‘ziga xos hujayralar paydo bo‘ldi. Kedzirskaning so‘zlariga ko‘ra, odatiy gripp bilan og‘riganlarning qonida ham tiklanishdan biroz avval taxminan ayni shu vaqtda ayni shu hujayralar paydo bo‘ladi.

«Biz bu natijalardan va infeksiyalangan bemorlarda klinik sog‘ayish arafasidagi immunitet hujayralari paydo bo‘lishini aniqlay olganimizdan juda mamnun bo‘ldik», dedi professor Kedzirska va o‘nlab olimlar ushbu natijalarga erishish uchun to‘rt hafta davomida tun-u kun tahlillar o‘tkazishganini qo‘shimcha qildi.

Bu koronavirusga qarshi kurashda qanday yordam berishi mumkin?
«Immunitet hujayralari qaysi nuqtada paydo bo‘lishini bilsangiz, bemor davolanishning qaysi bosqichida ekanligini aniqlash mumkin bo‘ladi», deya tushuntiradi Suinbern Texnologiya universiteti dekani, professor Bryus Tompson.

Avstraliya sog‘liqni saqlash vaziri Greg Hant, o‘z navbatida, olimlarning bu kashfiyoti infeksiyaga qarshi vaksina va potensial dorilarni ishlab chiqishni tezlashtirishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Ketrin Kedzirska esa allaqachon yangi vazifani belgilagan: immun tizimi eng og‘ir holatlarda nima uchun kasallik manbasiga kam javob qaytarayotganini aniqlash.

«Bu virusdan vafot etgan yoki o‘ta og‘ir shaklda kasal bo‘lganlar boshqalardan qanday farq qilishini tushunish uchun yechim bo‘ladi va shu orqali ularni qanday saqlab qolishni o‘rganishimiz mumkin», deydi professor Kedzirska.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 155
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 115
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 18
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 172
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 154
  • Bo‘limlar