“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 07:59
ЎЗO‘Z

Tramp: «Bir kun ushbu minbarda turib: «Biz yengdik, deb aytamiz»

18 mar, 13:13 3 451 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tramp: «Bir kun ushbu minbarda turib: «Biz yengdik, deb aytamiz» AQSH prezidenti Donald Tramp Oq uyda koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha ishchi guruh bilan mavjud vaziyat haqida suhbatlashib, matbuot anjumanida ommaga murojaat bilan chiqdi.

U Covid-19 bilan bog‘liq 15 kunlik harakat rejasi e’lon qilinganini eslatib o‘tgan.
«Ko‘plab amerikaliklar o‘z uylaridan ishlay oladilar, shunday qilishsin ham. Sog‘liqni saqlash va oziq-ovqat sanoati sohalarida xizmat ko‘rsatuvchilar bunday yo‘l tutish imkoniga ega emas, lekin o‘zlarini xavfsizlikda saqlash uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishni qilishlari kerak», degan AQSH prezidenti.

U mamlakatda sayohat uchun cheklovlar bo‘lishi mumkinligini aytib, fuqarolardan uyda qolishni, zarurat bo‘lmasa, hech qayerga bormaslikni so‘radi.

«Bir kun ushbu minbarda turib: «Biz yengdik, deb aytamiz»
Mamlakatdagi Kovid-19 test-sinovlarining yetarli darajaga yetkazishga erishish uchun harakat qilinayotganini ta’kidlagan Tramp shtatlarga o‘z hududi doirasida sinovlarni ishlab chiqish imkoniyatini berganini ma’lum qildi.
«Bir kun mana shu minbardan turib: «Biz yengdik, deb aytamiz», dedi u.

«O‘ylaymanki, bizning iqtisodiyotimiz tezda tiklanadi»
Shuningdek, u turizm sohasi, ayniqsa, kichik biznes va aviakompaniyalar epidemiya tufayli qiyin ahvolga tushib qolganiga ishora qildi va ushbu sohada ishlaydiganlarga zarar yetkazmaslik uchun yordam ko‘rsatishini, Moliya vaziri Steven Mnuchin ham bugun Kongress a’zolari bilan rag‘batlantirish paketini o‘z ichiga olgan qonun loyihasi haqida kelishishini aytdi.

«Ushbu paket katta bo‘ladi, Oq uy qonun loyihasini 800 milliard dollar miqdorida imtiyoz sifatida Kongressga taqdim etishni taklif qildi. Ikki tomonning fidokorligi xalqimiz salomatligi va iqtisodiyotimizni himoya qilishi mumkin. O‘ylaymanki, iqtisodiyotimiz tezda tiklanadi. Agar biz mamlakatimiz uchun to‘g‘ri yo‘lni tanlasak, ishlar tezda iziga tushib ketadi», dedi u.

«Xitoy virusi» ifodasiga izoh
Tramp tvitterda Covid-19’ni «Xitoy virusi» deb nomlaganini eslatdi.

«Xitoy virus bizning mamlakatimizdan kelganiga oid noto‘g‘ri ma’lumotlar taqatayotgandi. Bu asossiz edi. Virus qayerda paydo bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha yerdan kelgan, deyishga majburman», dedi u.

U epidemiyaning avvalboshda jiddiy qabul qilinmagani borasidagi tanqidlarga shunday javob qaytargan: «Men hali pandemiya e’lon qilinmasdan avval bu bir ulkan epidemiya ekanini his qilgandim».

«Biz iqtisodiy rag‘batlantirish rejasi ustida ishlamoqdamiz»
AQSH Moliya vaziri Mnuchinning aytishicha, vazirlik juda muhim iqtisodiy rag‘batlantirish rejasi ustida ishlamoqda.

Vazir reja Senatga taqdim etilishini va rejani tezda qabul qilish uchun Senat bilan ish olib borayotganliklarini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ishchilarni rag‘batlantirish paketi va aviakompaniyalar, shuningdek, mehmonxonalarni boshqarish kabi muhim sohalarga kredit kafolati taqdim etilmoqda.

Mnuchin aviakompaniyalarning rahbarlari bilan uchrashganini aytdi.
«Aviakompaniyalar uchun vaziyat 11 sentabrga qaraganda yomonroq», dedi u.

300 milliard dollar miqdoridagi soliq kechiktiriladi
Mnuchinning ta’kidlashicha, xodimlarga soliq imtiyozlarini berish g‘oyasi Trampga ma’qul bo‘lgan. «Soliq imtiyozi odamlarni yaqin 6-8 oy ichida pul bilan ta’minlaydi. Biz keyingi ikki hafta ichida fuqarolarimizga cheklar yuborish variantini ko‘rib chiqmoqdamiz», dedi vazir.

Soliqni qaytarish jarayoni 15 aprelgacha uzaytirilganini aytgan Mnuchin qariyb 300 milliard dollar to‘lash kechiktirilishini ma’lum qildi. Shuningdek, epidemiyaning bozorlarga ta’siri haqida to‘xtaldi va bozorlar albatta ochiq qolishini aytdi: «Amerikaliklar o‘z pullarini tasarruf qilish imkoniga ega ekanliklarini bilishlari kerak. 11 sentabrdan keyin bozorlar texnologik o‘zgarish tufayli yopildi. Men banklar va Nyu-York fond birjasiga telefon qildim. Bozorlarni ochiq tutishni hamma xohlaydi. Biz bunga erishish uchun barcha ishni qilamiz».

Pens qurilish kompaniyalaridan niqoblarni mahalliy kasalxonalarga topshirishni so‘radi
Shuningdek, Covid-19’ga qarshi kurashish guruhining boshlig‘i bo‘lgan AQSH vitse-prezidenti Mayk Pens ham bozorda N95 rusumli niqoblarga ehtiyoj mavjudligini aytib, qurilish kompaniyalaridan o‘zlarining niqoblarini mahalliy kasalxonalarga topshirishni so‘radi.

Ishchi guruhda bo‘lgan amerikalik doktor Entoni Fauchi esa mamlakatda virus bilan kasallanish holati yaqin 45 kun ichida avj olishi mumkinligini ma’lum qildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 183
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 154
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 166
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 309
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 118
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 182
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 52
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 78
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 154
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Bo‘limlar