“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 00:45
ЎЗO‘Z

Olmaotaga karantin sababli harbiy texnika kiritildi (video)

18 mar, 07:00 3 665 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Olmaotaga karantin sababli harbiy texnika kiritildi (video) Videodan kadr
Qozog‘istonning Olmaota shahrida koronavirus sababli karantin joriy qilinishi e’lon qilingandan keyin shaharga harbiy texnika kiritilmoqda. Shuningdek, shaharga kirish joylarida 27 blokpost o‘rnatiladi.
Bu haqda Tengrinews.kz'ga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari shahar bo‘ylab yurgan o‘nlab harbiy texnika videosi bilan bo‘lishishgan.

Harbiy texnika kiritilishi karantin bilan bog‘langani shahar ma’muriyati matbuot xizmatida tasdiqlangan.

Shuningdek, shaharga kirish joylarida 27 ta blokpost o‘rnatiladi. Blokpostlarda patrul politsiyasi, SOBR, “Granit” polki, mudofaa vazirligi va milliy gvardiya kuchlari xizmat olib boradi. Shu bilan birga shaharga birinchi ehtiyoj buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va tibbiy mahsulotlar, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari olib kirish uchun “yashil yo‘lak” o‘rnatiladi.

“Barchamiz uchun muhim on keldi. Karantin rejimi megapolisning butun hayoti yangi qoidalarga ko‘ra qayta tashkillashtirilishini anglatadi. Karantin noqulayliklar, odatdagi turmush tarzining buzilishi bilan kechadi. Buni to‘g‘ri tushunishni iltimos qilaman”, deb aytgan Olmaota akimi Bakitjan Sag‘intayev.

U shahardagi muassasalarni karantin kiritilishi sababli masofadan ishlashga o‘tishga chaqirgan. Shaharda karantin 19 martdan amal qila boshlaydi.

Avvalroq ma’lum qilinganidek, poytaxt Nur-Sulton ham karantin uchun yopiladi.
Ayni vaqtda Qozog‘istonda koronavirusga 32 kishi chalingan, ulardan 15 nafari Olmaotada, 17 nafari Nur-Sultonda aniqlangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 155
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 195
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 0
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 46
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 20
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 63
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 266
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 155
  • Bo‘limlar