“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 09:48
ЎЗO‘Z

Jahon bozorida neft narxi yanada pasayishi mumkin

18 mar, 06:30 2 725 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jahon bozorida neft narxi yanada pasayishi mumkin Foto: Getty Images
Jahon bozorida bir barrel neft narxi yaqin ikki hafta ichida 25-30 dollargacha tushib ketishi mumkin. Bu haqda «BKS Premer» kompaniyasi bosh tahlilchisi Sergey Suverovga tayanib, «RBK» xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bozordagi muvozanat uglevodorodlar qiymati uchun salbiyligicha qolmoqda, shu sababli neft narxi tushishda davom etadi. Suverovning ta’kidlashicha, 17 mart, seshanba kuni, neftning xalqaro narxi 5 foizga ko‘tarilishi «texnik qaytish», xolos.

«Bundan tashqari, AQSHning strategik zaxira uchun neft sotib olishi, shuningdek, Xitoyda neftga nisbatan talabning kutilganidan-da sekinlik bilan qayta tiklanishi ham jarayonga ta’sir ko‘rsatishi mumkin», — deydi mutaxassis.

«Agar aprel oyida Saudiya Arabistoni neft qazib olishni sutkasiga 13 million barrelga yetkazsa, boz ustiga Rossiya sutkasiga qazib olayotgan 300-500 ming barrel qo‘shilsa, shu vaqtda koronavirusga qarshi choralar sabab talab tushib ketsa, narx 25 dollardan ham pasayib ketishi mumkin. Ijobiy o‘zgarishlar ham bor, masalan, Xitoy sekin-asta oyoqqa turmoqda, biroq boshqa mamlakatlarda qattiq cheklovlar saqlanib qoladigan ko‘rinadi», — deydi «Rayffayzenbank» tahlilchisi Andrey Polishuk.

Polishukning fikricha, yozga borib iqtisodiy vaziyat barqarorlashadi, jahondagi talab qayta tiklanadi, ammo narx avvalgi holiga qisman qaytadi, xolos. Uning ta’kidlashicha, 2020 yil oxiriga qadar bir barrel neft narxi 30-40 dollar atrofida saqlanib qoladi.

Eslatib o‘tamiz, London birjasida Brent markali neft narxi savdo sessiyasi ochilgan vaqtda qariyb 4 foizga pasaygan edi. Ushbu hodisa Saudiya Arabistonining neft ishlab chiqarish hajmini kuniga 12 million barrel emas, balki 13 million barrelga yetkazish haqidagi bayonotidan keyin sodir bo‘ldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 0
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 0
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 1
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 21
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 39
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 276
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 0
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 1
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 2
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 0
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 1
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 21
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 39
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 93
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 58
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 87
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 26
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 276
  • Bo‘limlar