“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 13:54
ЎЗO‘Z

Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarning qariyb 83 foizi sog‘ayib ketdi

15 mar, 15:00 3 542 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarning qariyb 83 foizi sog‘ayib ketdi Foto: «RIA Novosti»
Xitoyda yangi turdagi koronavirus bilan kasallanganlar soni kundan-kunga kamaymoqda, deb xabar berdi «RIA Novosti». Xitoy kasalxonalariga yotqizilganlarning 82,7 foizi tuzalib ketgan, ayni paytda koronavirusning o‘lim ko‘rsatkichi Xitoyda 3,95 foizni tashkil etmoqda.

Katta Xitoyda (materik) shu paytgacha jami 80 844 kishi koronavirus bilan kasallangan, shulardan 66 911 nafari tuzalib ketgan — jami kasallarning 82,7 foizi.

Epidemiya boshlanganidan beri, Xubey provinsiyasini hisobga olmaganda, Xitoyning qolgan qismida koronavirus 13 050 kishida aniqlandi, 114 ta holat o‘lim bilan tugadi — 0,87 foiz. Epidemiya o‘chog‘i bo‘lmish Xubey provinsiyasida esa 67 794 kishi kasallanib, 3085 kishi vafot etgan, o‘lim ko‘rsatkichi — 4,5 foiz. Xubey markazi Uxan shahrida koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichi 14,91 foizni tashkil etgan.

Mamlakatda koronavirusdan o‘lganlar jami soni 3199 nafarni, o‘rtacha o‘lim ko‘rsatkichi 3,9 foizga teng bo‘ldi.

Xitoyda epidemiologik holat ijobiy tomonga o‘zgarishni boshladi, so‘nggi sutkada 20 nafar yangi bemor aniqlandi, shularning 16 nafari kasallikni chet eldan yuqtirib kelgan, qolgan to‘rtta holat Xubeyda aniqlangan.
XXR sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi 12 mart kuni mamlakatda epidemiyaning yuqori bosqichi ortda qolganini e’lon qildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 12
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 214
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 231
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 170
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 197
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 276
  • So'nggi yangiliklar
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 0
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 0
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 7
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 12
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 29
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 28
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 23
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 214
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 57
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 231
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 131
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 230
  • Bo‘limlar