“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 00:11
ЎЗO‘Z

Abdulla Abdulla o‘z farmoni bilan Ashraf G‘anining vakolatlari muddati tugaganini e’lon qildi

13 mar, 10:20 3 426 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Abdulla Abdulla o‘z farmoni bilan Ashraf G‘anining vakolatlari muddati tugaganini e’lon qildi Ashraf G‘ani va Abdulla Abdulla / Foto: REUTERS
O‘zini Afg‘oniston prezidenti deb e’lon qilgan Abdulla Abdulla 11 mart kuni Ashraf G‘anining prezidentlik vakolatlari muddati yakunlangani haqidagi farmonni e’lon qildi hamda milliy birdamlik hukumati tugatilgani va Ashraf G‘anining farmonlari boshqa qonuniy deb hisoblanmasligini ma’lum qildi.

Abdulla Afg‘oniston prezidenti saylovlaridagi g‘alabasini tan olmagan Ashraf G‘anini “sobiq prezident” deb atagan va uni yangi hukumatda birgalikda ishlashga chaqirgan.
O‘z navbatida G‘ani o‘z farmoni bilan Afg‘oniston ijro kengashi va bosh vazir lavozimini tugatib, bu tuzilma boshqa yo‘qligini ma’lum qilgan.

Avvalgi saylovlarda 2019 yildagi saylovlardagi kabi G‘anining prezident lavozimi uchun asosiy raqibi Abdulla Abdulla bo‘lgan. O‘shanda G‘ani saylovlarning 2-turida g‘olib deb e’lon qilingan va bu turli munosabatni keltirib chiqargan.

Shu sababli mamlakatda noroziliklar bo‘lib o‘tgan va siyosiy inqirozni hal qilish maqsadida milliy birdamlik hukumati tashkil etilgan. Ashraf G‘ani prezident lavozimini, Abdulla Abdulla esa maxsus tashkil etilgan ijro hokimiyati rahbari lavozimini egallagan.

Ayni vaqtda esa Afg‘onistonda siyosiy vaziyat o‘ta keskin tus olgan va ta’kidlanishicha, kichik bir xato ham siyosiy guruhlar o‘rtasidagi qonli to‘qnashuvlar boshlanishiga olib kelishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 14
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 24
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 32
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 72
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 101
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 345
  • So'nggi yangiliklar
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 0
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 2
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 14
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 24
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 32
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 80
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 72
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 101
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 345
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 120
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 61
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 36
  • Bo‘limlar