“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 11:51
ЎЗO‘Z

Fors ko‘rfazi mamlakatlarida koronavirus sababli chilim chekish taqiqlandi

11 mar, 09:50 2 400 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Fors ko‘rfazi mamlakatlarida koronavirus sababli chilim chekish taqiqlandi Foto: «RIA Novosti»
Qatar Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus xavfi sababli barcha restoran va qahvaxonalarda chilim chekishni vaqtincha taqiqladi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib Daryo xabar berdi.
Qayd etilishicha, bunga qadar jamoat joylarida chilim chekishga taqiq Kuvayt tomonidan amalga kiritilgan.

Qatar Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, barcha restoran va qahvaxonalarda koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktika chorasi sifatida chekish uchun chilim berish taqiqlanadi. Ushbu taqiqni buzganlar ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Chilim chekish arab mamlakatlarida keng tarqalgan an’ana bo‘lib, Fors ko‘rfazi mamlakatlari ham bundan mustasno emas. Biroq boshqa ko‘plab arab mamlakatlaridan farqli o‘laroq, mazkur davlatlarda chilim chekish ko‘proq tartibga solinadi, buni faqat maxsus ajratilgan zallarda yoki ochiq havoda amalga oshirish mumkin. Shifokorlarning fikricha, chilim chekish uchun bir martalik plastik naycha ishlatilsa ham, ular koronavirus tarqalishining manbasi bo‘lishi mumkin.

Bugungi kunga qadar Qatarda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 18 ta holat aniqlangan. Ularning asosiy qismini Erondan qaytib kelgan kishilar tashkil etadi. Shu bilan birga, bemorlar bilan aloqada bo‘lganlar 3,5 ming kishi ushbu kasallik bo‘yicha tekshiruvdan o‘tgan. Qatar rasmiylari koronavirus aniqlangan 14 ta davlat fuqarolarining mamlakatga kirishini taqiqladi.

Koronavirus sababli Italiyada barcha ommaviy tadbirlar bekor qilinib, fuqarolarga uydan chiqmaslik tavsiya etildi. Isroil hukumati mamlakatga kiruvchi barchani karantinga joylashtirish bo‘yicha qaror qabul qildi. Eronda 7 kishi koronavirusdan himoyalanish uchun metanol ichib vafot etdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti infeksiyaning dunyo miqyosida tarqalishi hamda pandemiyaga aylanishi mumkinligini ma’lum qildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 0
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 15
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 359
  • So'nggi yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 0
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 0
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Bo‘limlar