Foto: «RIA Novosti» Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat Konstitutsiyasidan prezidentlik vakolati muddati cheklovini olib tashlash g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamagandi. Ammo u Davlat Dumasi tomonidan prezidentlik muddatini bekor qilish (nollashtirish) taklifini ma’qulladi.
Endi Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga kiritiladigan ushbu o‘zgartirish Konstitutsiyaviy sud tomonidan tasdiqlanishi kerak. Agar sud Davlat dumasining qarorini ma’qullasa, u holda Putin yana navbatdagi prezidentlik muddati uchun nomzod bo‘la oladi.