“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 21:17
ЎЗO‘Z

Italiyaning 27 ta turmasida mahbuslar “koronavirusdan o‘lishni istamay” isyon ko‘tardi

10 mar, 08:36 3 210 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Italiyaning 27 ta turmasida mahbuslar “koronavirusdan o‘lishni istamay” isyon ko‘tardi Foto: Yara Nardi/Reuters
Italiyada koronavirus tez tarqalayotgani sababli joriy qilingan cheklovlar sababli turmalarda noroziliklar boshlandi.

Tartibsizliklar 27 ta axloq-tuzatish muassasasida yuzaga kelib, mahbuslar xavfli virus epidemiyasi sababli amnistiya talab qilishgan. Corriere della Sera nashrining xabar berishicha, tartibsizliklar Milanning “San Vittore” va Rimning “Rebibbiya” hamda Salerno, Neapol, Verchelli, Alessandriya, Foja, Paviya shaharlaridagi turmalarda qayd etilgan. Ba’zi turmalarda mahbuslar norozilik sifatida mahalliy tibbiy muassasalarni qo‘lga olishga harakat qilgan.

Italiya shimolidagi Modena shahridagi turmada mahbuslar isyon ko‘tarishi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan. Shuningdek, Parma, Alessandriya va Veronadagi turmalarda bir kishidan halok bo‘lgan. Shuningdek, 18 kishi, jumladan 3 soqchi va 6 sanitar jarohat olgan.

Foto: tgcom24.mediaset.it
Fojadagi turmadan tartibsizliklardan foydalanib 50 mahbus qochib ketgan. Shundan keyin mahalliy hokimiyat shahar aholisiga savdo nuqtalari ishini to‘xtatish, banklar va muassasalarni yopishni iltimos qilgan. Tez orada 30 qochoq politsiya tomonidan qurshab olingan. Ta’kidlanishicha, 365 kishiga mo‘ljallangan mahalliy turmada 608 kishi saqlanadi. Mahbuslarning shikoyat qilishicha, ular “jahannamdagidan yomonroq yashashadi” – qo‘riqchilar virusga chalinishlari xavotirida mahbuslarga tashqariga chiqishni taqiqlab, ularni 24 soat yopiq kameralarda ushlab turibdi.

Foto: tgcom24.mediaset.it
Ayni vaqtda Italiyada 7375 dan ko‘proq kishi koronavirusga chalingan, 622 odam sog‘ayib ketgan, 366 kishi vafot etgan. Koronavirus jadal tarqalayotgan 14 ta shimoliy viloyat va Lombardiya muxtor viloyati karantinga yopilgan. Bu hududlarga kirish-chiqish va ular ichida harakatlanish taqiqlangan.

Foto: tgcom24.mediaset.it

Foto: tgcom24.mediaset.it
Italiya, turma, mahbuslar, isyon




Mavzuga oid yangiliklar
  • Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi 08 мая, 20:58 0
  • Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi 08 мая, 20:53 2
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 169
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 181
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 67
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 251
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi 08 мая, 20:58 0
  • Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi 08 мая, 20:53 0
  • Parhezshunos tvorog iste’moli borasida ogohlantirdi 08 мая, 20:46 1
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 169
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 181
  • “Barselona”da yangi mojaro boshlandi 08 мая, 18:10 99
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 66
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 34
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 59
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 55
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 54
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 68
  • Bo‘limlar