“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 16:10
ЎЗO‘Z

Xitoyda koronavirus epidemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanishi mumkinligi taxmin qilindi

05 mar, 20:08 4 548 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoyda koronavirus epidemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanishi mumkinligi taxmin qilindi Foto: Reuters
Xitoy hukumati tomonidan COVID-19 koronavirusiga qarshi ko‘rilayotgan chora-tadbirlar o‘z natijasini bermoqda: yangi bemorlar sonida pasayish kuzatilgan, ishlab chiqarish va kundalik faollik asta-sekin qayta tiklanyapti. Biroq bu mamlakatda epidemiyaning ikkinchi to‘lqini yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Gonkong universitetining epidemiologiya va biostatistika kafedrasi rahbari Ben Koulingga tayanib, «RIA Novosti» xabar berdi.

Xitoy hukumati 20 yanvardan so‘ng yangi turdagi koronavirusning tarqalishiga qarshi qator kompleks choralarni ko‘ra boshladi va bu rostdan ham o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Shunga qaramay, ish va o‘qishni qayta boshlash, normal transport aloqalarini tiklash, karantin cheklovlarini olib tashlash nafaqat ijobiy kayfiyatni, balki aholi uchun ma’lum xavflarni ham keltirib chiqaradi.

«Xitoy mart oyining boshida o‘z hududida birinchi to‘lqinni ushlab qoldi. Ular normal faoliyatini qayta tiklaganida ikkinchi to‘lqin yuzaga kelishidan xavotirdaman», — deydi Kouling.

Koronavirusga qarshi kurashning ijobiy dinamikasi fonida Xitoy hukumati butun mamlakat bo‘ylab epidemiyaga qarshi qat’iy choralarni amalga oshirmoqda.

Agentlik suhbatdoshi xavf ortda qolgani haqida gapirishga hali erta ekanligini, hozircha virusning yuqishi yoki uning jiddiyligiga oid xarakteristikasi o‘zgargani haqida biror-bir dalil yo‘qligini ta’kidlagan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy hududida 80 409 kishi kasallikni yuqtirib olgan bo‘lib, vafot etganlar soni Xitoyda 3012 kishini tashkil etmoqda. O‘zbekistonda esa koronavirus tarqalganini rad etgan SSV aholini kasallikdan himoyalanishga undovchi SMSlar jo‘nata boshladi.
koronavirus, epidemiya




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 4
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 14
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 64
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 85
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 69
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 175
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 0
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 4
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 14
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 31
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 10
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 64
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 31
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 17
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 84
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 94
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 69
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 363
  • Bo‘limlar