“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 22:19
ЎЗO‘Z

Korxonami yo qamoqxona? Xitoyda uyg‘ur musulmonlari quldek ishlatilayotgani fosh qilindi

04 mar, 15:53 4 689 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Korxonami yo qamoqxona? Xitoyda uyg‘ur musulmonlari quldek ishlatilayotgani fosh qilindi Foto: aspistrategist.org.au
Xitoy hukumatining bosimi ostida o‘n minglab uyg‘ur hamda boshqa elatlarga mansub musulmonlar qullik sharoitida mehnat qilmoqda. Bu haqda Avstraliya strategik siyosat instituti (The Australian Strategic Policy Institute) tadqiqotida so‘z boradi.
Musulmonlar majburan ishlatilayotgan korxonalar orasida dunyoga mashhur savdo brendlari ham bor.

Avstraliya strategik siyosat instituti ekspertlariga ko‘ra, 2017-2019 yillarda Shinjon-uyg‘ur muxtor o‘lkasidan Xitoyning boshqa mintaqalariga ko‘chirilgan 80 ming nafardan ziyod uyg‘ur musulmonlari turli zavod-korxonalarda majburiy ravishda ishlatilmoqda. Musulmonlar majburiy mehnatga jalb etilgan korxonalar ro‘yxatida 83 ta mashhur brend, jumladan, BMW, Samsung, Apple, Lenovo, LG, Dell, Nike, Zara, Adidas, H&M va boshqa shirkatlar nomini ko‘rish mumkin.

Muxtor o‘lka fuqarolarini majburiy mehnatga jalb etish Xitoyning Xinjiang Aid davlat agentligi orqali amalga oshirilgan.

Foto: aspistrategist.org.au
Tadqiqotga ko‘ra, majburiy mehnatdan qutulish amrimahol. Negaki, shartnomaga imzo chekishdan bosh tortgan uyg‘ur musulmonlari odatda ayblov e’lon qilinmay hibsga olinadi.

Aslida, zavod-fabrikalarda sharoit ham qamoqxonadan farq qilmaydi, deyiladi Avstraliya strategik siyosat instituti hisobotida. Ular ishdan so‘ng xitoy tili hamda mafkuraviy tayyorgarlik bo‘yicha darslarda qatnashishi shart. Uyg‘ur va boshqa elatlarga mansub musulmon ishchilar fabrikada ham, yotoqxonada ham doimiy kuzatuvda bo‘lib, ularning o‘z diniy e’tiqodini biror-bir shaklda namoyish etishi qat’iy taqiqlanadi.

Tadqiqotga ko‘ra, Xitoy hukumati uyg‘ur musulmonlarini majburan ishlatish orqali ularni «qayta tarbiyalash»ga urinmoqda.
AQSHning The Washington Post gazetasi muxbiri Avstraliya strategik siyosat instituti hisobotida qayd etilgan fabrikalardan biridagi holatni o‘rgandi.

Foto: Anna Fifield/The Washington Post
Nike shirkati uchun krossovka ishlab chiqaruvchi korxona Laysi shahrida joylashgan. Jurnalistlarga ko‘ra, mazkur korxona ishlab chiqarish muassasasi emas, rosmona qamoqxonani yodga soladi. Tikan sim bilan ihotalangan korxonada kuzatuv minoralari va politsiya postlari ham mavjud. Jurnalistlar suhbatlashgan ishchilardan biri ular erkin harakatlanish huquqidan mahrum ekanliklari, Shinjonga qaytish u yoqda tursin, zavod hududidan ham mustaqil chiqa olmasliklarini ma’lum qilgan.

Mutaxassislar hisobotda nomi qayd etilgan mashhur brend egalarini inson huquqlari buzilishi va majburiy mehnat holati bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishga chaqirgan.

Rasmiy Pekin Shinjon-uyg‘ur muxtor o‘lkasi musulmonlari majburiy mehnat jalb etilayotgani borasidagi xabarlarni rad etgan. Xitoy davlat matbuotiga ko‘ra, kasbiy tayyorgarlik dasturlarida ishtirok etish «mutlaqo ixtiyoriy»dir.

Jahon hamjamiyati Xitoy hukumati Shinjon-uyg‘ur muxtor o‘lkasida yashovchi musulmonlarni xalqaro huquq me’yorlariga zid ravishda tutqunlikda saqlayotgani borasida xavotir bildirib kelmoqda. Xususan, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi mazkur holatni qoralagan.

Foto: UN Geneva/Daniel Johnson
AQSH Davlat departamenti hisobotiga ko‘ra, Xitoy tomoni Shinjon-uyg‘ur muxtor o‘lkasida yashovchi 800 mingdan 2 milliongacha uyg‘ur, qozoq va boshqa millatlarga mansub musulmonlarni yopiq lagerlarda tutqunlikda saqlamoqda.

Qayd etilishicha, sudsiz, tergovsiz joriy etilgan ushbu jazo usuli mahalliy musulmonlarni o‘z dini va milliy o‘zligidan mahrum etish va to‘liq xitoylashtirishga qaratilgan. Davlat departamenti hisobotida lagerlarda ruhiy va jismoniy zo‘ravonlik avj olgani, shinjonlik musulmonlar namoz o‘qigani yoki ro‘za tutgani uchungina jazolanayotgani xabar qilingan.

Xitoy tomoni esa yopiq lagerlarda uyg‘urlar va boshqa kam sonli millatlarga mansub musulmonlar qiynoqqa solinayotgani haqidagi xabarlarni inkor etadi. Rasmiy Pekinga ko‘ra, ekstremizmga moyil aholini qayta tarbiyalashga yo‘naltirilgan ta’lim va kasb-hunar markazlari faoliyati noto‘g‘ri talqin qilinmoqda.

Sobir Salim
uyg‘ur, musulmonlar, qullik sharoiti, mehnat




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 0
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 32
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 134
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 141
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 28
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 195
  • So'nggi yangiliklar
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 0
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 8
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 17
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 32
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 35
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 154
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 43
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 134
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 140
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 28
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 30
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 193
  • Bo‘limlar