“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 10:27
ЎЗO‘Z

Putin Konstitutsiyada Xudo nomini tilga olishni taklif qildi

03 mar, 19:12 3 608 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Putin Konstitutsiyada Xudo nomini tilga olishni taklif qildi Foto: «TASS»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat dumasiga Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlar loyihasini taqdim etdi. Meduza’ning yozishicha, bu haqda parlament quyi palatasi spikeri Vyacheslav Volodin ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, xabar yozilgan vaqtda Davlat Dumasi ma’lumotlar bazasiga kiritilgan o‘zgarishlar e’lon qilinmagan, ammo Volodin ularning ayrimlari haqida aytib bergan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlardan birida Xudo nomini tilga olish taklif etilgan.
«Ming yillik tarixga ega bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi, bizga g‘oyalari va Xudoga ishonchini yetkazgan ajdodlar xotirasi, shuningdek, Rossiya davlatining rivojlanish davomiyligini saqlagan holda tarixan barpo etilgan davlat birligini tan oladi», — deya kiritiladigan o‘zgarishni o‘qib bergan Volodin.

Kiritiladigan yana bir tuzatishda nikoh tushunchasiga aniqlik kiritilgan. Unga ko‘ra nikoh bu — erkak va ayolning birlashmasidir.
Prezident, shuningdek, asosiy qonunda Rossiyada «rus tillari bilan bir qatorda davlat tili sifatida boshqa tillarni o‘rnatish»ga ruxsat berilishini talab qildi. Bunda rus tili davlatni tashkil etuvchi xalq tili maqomiga ega bo‘ladi.

Xabarda aytilishicha, Putin taklif etayotgan o‘zgarishlar 24 sahifada bayon etilgan. Ushbu o‘zgarishlar Davlat Dumasi tomonidan 23 yanvar kuni birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilgan. Kiritiladigan o‘zgarishlarni ikkinchi o‘qishga tayyorlash 2 mart kuni o‘tkazilgan. Hujjat Davlat Dumasida ikkinchi o‘qib eshittirishga qachon ovozga qo‘yilishi hozircha noma’lum.
Konstitutsiya, Xudo nomi, Putin




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 43
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 2
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 43
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 43
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 158
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 143
  • Bo‘limlar