“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 11:29
ЎЗO‘Z

Xitoydagi Apple, Nike, Volkswagen kabi taniqli brendlar fabrikalarida uyg‘urlar majburiy ishlatilayotgani fosh etildi

03 mar, 06:00 4 150 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoydagi Apple, Nike, Volkswagen kabi taniqli brendlar fabrikalarida uyg‘urlar majburiy ishlatilayotgani fosh etildi Foto: My Nation
Xitoy hukumati uyg‘urlarni o‘nlab jahonga mashhur brendlar uchun mahsulot ishlab chiqaradigan zavodlarda ishlashga majbur qilmoqda. Bu haqda Avstraliya strategik siyosat instituti (ASPI) hisobotida aytiladi, deb yozadi Meduza'ga tayanib Daryo.

ASPI hisoboti ochiq ma’lumotlar, sun’iy yo‘ldoshlardan olingan tasvirlar, boshqa tadqiqot ishlari va OAV materiallariga asoslangan.
Hisobotda aytilishicha, Shinjon-Uyg‘ur avtonom tumani hukumati uyg‘urlarni mehnat shartnomasi bo‘yicha nafaqat o‘z viloyatida, balki mamlakatning boshqa hududlarida ham majburiy mehnatga jalb qilmoqda.

Hisobotga ko‘ra, 2017—2019 yillarda Xitoyning to‘qqizta boshqa provinsiyasidagi fabrikalarda ishlash uchun Shinjondan kamida 80 ming uyg‘ur olib ketilgan. U yerda uyg‘urlarga harakatlanish erkinligini cheklangan, alohida yotoqxonalarga joylashtirilgan, mafkuraviy tayyorgarlik bo‘yicha tayyorlov mashg‘ulotlariga qatnashishga majburlanadi hamda diniy urf-odatlarni bajarish taqiqlanadi.

ASPI uyg‘urlar ishlaydigan 27 ta Xitoy fabrikasi haqida ma’lumot berdi. Bu fabrikalar butun dunyoga mashhur 83 ta brendga aloqador. Ularning orasida Apple, Google, Microsoft, Adidas, Nike, H&M, Uniqlo, Zara, Mercedes-Benz va Volkswagen ham bor.

Taxmin qilinishicha, brendlar o‘z mahsulot yetkazib beruvchilarining fabrikalarida uyg‘urlar majburan ishlatilganidan bexabar bo‘lgan.
Xitoy hukumati uyg‘urlarga zulm o‘tkazayotgani haqidagi xabarlar 2018 yilda tarqala boshladi. 2019 yilning dekabr oyida Shinjon hukumati barcha uyg‘urlar musulmonlarni qayta tayyorlash lagerida ta’lim olganini ma’lum qildi.
Xitoy, majburiy, Apple, Nike, uyg‘urlar




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 0
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 155
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 0
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 0
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 18
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Bo‘limlar