“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 05:04
ЎЗO‘Z

Qochqinlar yana Yevropani «qamal qilmoqda» (foto)

01 mar, 23:47 3 063 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qochqinlar yana Yevropani «qamal qilmoqda» (foto) Turkiyadagi suriyalik qochqinlar Yevropaga yo‘l oldi / AFP
Gretsiyaga o‘tmoqchi bo‘lgan 10 ming nafarga yaqin migrantlar Turkiya bilan chegara yaqinida to‘xtatildi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an shanba kuni Yevropa hududiga o‘tmoqchi bo‘lgan qochqinlar uchun chegara ochib yuborilishini ma’lum qilgandi.
«Biz kecha chegaralarni ochib qo‘ydik (...) Mamlakatimiz qochqinlarning yangi to‘lqinini qabul qilish holatida emas», degandi u.

Turkiya Suriya, Afg‘oniston va boshqa davlatlardan jami 3,7 million atrofidagi qochqinni o‘z hududiga joylashtirgandi. 2016 yil Yevropa Ittifoqi bilan kelishuvga ko‘ra, turklar 6 mlrd yevro miqdoridagi moliyaviy yordam evaziga ular Yevropaga o‘tib ketmasligini ta’minlashni o‘z zimmasiga olgandi.

Yana 3,5 mln atrofidagi qochqinlar Suriyaning muxolifat kuchlari tomonidan nazorat qilinadigan Idlib viloyati shimolida, Turkiya bilan chegara hududida bo‘lib turibdi.

Migrantlar turk-grek chegarasini kesib o‘tishga urinmoqda / AFP

Grek politsiyasi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llamoqda / AFP
O‘tgan yilning dekabridan buyon Eron va Rossiya ko‘magidagi Suriya hukumati qo‘shinlari Idlibni to‘la egallash uchun yurishni davom ettirmoqda. Agar hukumat qo‘shinlari maqsadiga erishsa, Turkiyaga qochqinlar oqimi ikki barobar ortishi mumkin.

Erdo‘g‘an Yevropa chegaralarini ochib yuborishi qarorini Idlibda Suriya harbiy-havo kuchlari tomonidan hujum oqibatida 33 nafar turk harbiysi halok bo‘lishi ortidan qabul qildi.

Turkiya-Gretsiya chegarasida minglab odamlar to‘plangan, yangilar kelib qo‘shilmoqda / AFP
Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis yakshanba kunining ikkinchi yarmida chegaradagi vaziyatni muhokama qilish uchun xavfsizlik kengashining shoshilinch yig‘ilishini chaqirdi.

YEIning tashqi chegaralar nazorati bo‘yicha Frontex agentligi Turkiyadan qochqinlar oqimi kuchaygani sababli Yevrohamjamiyat chegaralarini himoya qilish bo‘yicha tayyorgarlikni yuqori darajaga ko‘tardi.

Gretsiyada nimalar bo‘lmoqda?
Grek politsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, chegaraning Turkiya tomonida to‘plangan odamlar grek chegarachilariga va huquq-tartibot organlari xodimlariga toshlar va metall buyumlar uloqtirishmoqda.

Taxminan 300 nafar qochqin 7ta qayiq orqali Lesbos oroliga, 150 nafari 4ta qayiqda Samos oroliga, yana 70-80 kishi ikkita qayiqda Xios oroliga yetib kelgan.

AFP

AFP
Gretsiyaning Kastanis shahri yaqinidagi hududdan o‘tgan daryoda ham suvni kechib o‘tayotgan odamlar guruhini ko‘rishgan.
Qochqinlarning bir qismi Evros viloyati chetida to‘sib qo‘yilgan.

Chegara chizig‘i bo‘ylab harakatlanayotgan qochqinlar / AFP
«Ular [Turkiya hukumati] ularni nafaqat o‘tkazib yubormoqda, balki ularga buyoqqa o‘tib kelishlari uchun yordam ko‘rsatishmoqda», - degan televideniye orqali chiqishida mamlakat Mudofaa vaziri o‘rinbosari Alkiviadis Stefanis.

Yevropa Ittifoqi Afina va Sofiyaga chegarani qo‘riqlashda yordam va’da qilgan. 5 mart kuni Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida YEI davlatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 97
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 54
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 38
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 46
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 156
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 136
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 18
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 36
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 14
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 97
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 54
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 38
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 46
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 156
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 76
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 59
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 57
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 145
  • Bo‘limlar