“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 19:22
ЎЗO‘Z

Koronavirus Janubiy Amerika qit’asida ham qayd etildi

26 fev, 23:43 2 981 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus Janubiy Amerika qit’asida ham qayd etildi Foto: Reuters
Braziliyada birinchi marta koronavirusga chalinish holati tasdiqlandi. Shu tariqa Osiyoda paydo bo‘lgan epidemiya sharoitida Janubiy Amerikada birinchi kasallanish holati qayd etildi. Bu haqda 26 fevral, chorshanba kuni, Business Insider xabar berdi.

Nashrning yozishicha, koronavirus yuqtirgan odam 61 yoshli erkak bo‘lib, u Italiyaning Lobardiya provinsiyasida 12 kun bo‘lganidan keyin San-Pauluga qaytgan.

Eslatib o‘tamiz, Italiyada koronavirusga chalinishning dastlabki holati yanvar oyida kuzatilgan, kasallik xitoylik ikki sayyohdan topilgandi. Fevral oyiga kelib esa kasallanganlar soni yana ortib, virus Italiyaning jami beshta viloyatida qayd etilgan.

Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte mamlakat shimolida tarqalgan koronavirus infeksiyasiga qarshi amalga oshirilgan chora-tadbirlar yaqin kunlarda o‘z samarasini berishiga ishonishini ma’lum qilgan.

Apennin yarim orolida 25 fevral holatiga ko‘ra, koronavirusga yo‘liqqan bemorlar soni 280 nafardan oshib ketgan. Yetti nafar fuqaro vafot etgan, ulardan oltitasi Italiya shimolidagi Lombardiyada yashagan. Barcha o‘lim holatlari yoshi keksa insonlarda, xususan, o‘simta kasalliklari bilan og‘riganlarda kuzatilgan.

Hozirda Italiyada ikki hudud – Lombardiyada Kodono shaharchasi yaqinida 10 ta kommuna izolyatsiya qilingan, shuningdek, Veneto viloyatidagi Vo shahri karantinda.

Koronavirus tarqalishi sababli Italiyada karnaval, modalar namoyishi, futbol uchrashuvlari bekor qilindi. Italiya poyezdlarining yo‘lovchilari esa koronavirusga tekshirilgandan keyingina Avstriya chegarasidan o‘tishga ruxsat berilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 20
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 70
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 199
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 139
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 259
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 365
  • So'nggi yangiliklar
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 0
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 0
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 0
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 0
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 32
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 20
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 70
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 199
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 139
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 68
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 85
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 130
  • Bo‘limlar