“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 17:45
ЎЗO‘Z

Milliarder Uorren Baffet dunyodagi eng yaxshi biznes nomini aytdi

25 fev, 17:37 4 109 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Milliarder Uorren Baffet dunyodagi eng yaxshi biznes nomini aytdi Foto: Reuters
Milliarder va Berkshire Hathaway bosh direktori Uorren Baffet CNBC telekanaliga bergan intervyusida Apple’ni dunyodagi eng yaxshi biznes, deb atadi. Bu haqda «RBK» xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu kompaniyani nafaqat Berkshire Hathaway’ga tegishli (taxminan 5,5 foiz) aksiyalar sifatida, balki xususiy biznes sifatida ham ko‘radi. «U aql bovar qilmaydigan kompaniya. Men unga avvalroq baho berishim kerak edi», — degan u.

Investor o‘zining Samsung telefonini yaqinda iPhone’ning so‘nggi modeliga almashtirganini tan olgan. Baffetning ta’kidlashicha, yaqinda unga bir nechta smartfonlar sovg‘a qilishgan bo‘lib, ulardan biri Apple rahbari Tim Kukdan edi. Shu bilan birga, milliarder aksariyat odamlar kabi gadjetning barcha xususiyatlaridan foydalanmasligini, ko‘pincha shunchaki qo‘ng‘iroq qilish uchungina foydalanishini aytgan.

Baffet, shuningdek, Xitoyda yangi turdagi koronavirusning tarqalishini izohlab, bu investorlar qarorlariga ta’sir qilmasligi kerakligini aytgan. «Bu sizning aksiyalar bilan qilayotgan ishingizga ta’sir qilishi kerak deb o‘ylamayman, ammo insoniyat nuqtai nazaridan bu dahshatli narsadir», — deya ta’kidlagan u.

Virusning Berkshire Hathaway’ga ta’siri haqida to‘xtalar ekan, milliarder sodir bo‘layotgan voqealar kompaniyaga ta’sir qilmasligi kerakligini aytgan. «Biz biznesni 20 yoki 30 yil davomida egalik qilish uchun sotib olamiz, 20 va 30 yillik prognoz koronavirus tufayli o‘zgarmadi, deb o‘ylaymiz», — deya qo‘shimcha qilgan Baffet.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 82
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 2
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 11
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 48
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Bo‘limlar