“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 17:14
ЎЗO‘Z

Koronavirusdan zararlanganlar soni 80 mingdan oshdi

25 fev, 13:03 3 910 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirusdan zararlanganlar soni 80 mingdan oshdi Foto: AFP Photo/YASSER AL-ZAYYAT
25 fevral kungi ma’lumotlarga ko‘ra COVID-19 koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati Xitoyning materik qismida yana 508 kishida qayd etildi, so‘nggi bir kun ichida mamlakatda 71 kishi koronavirus qurboni bo‘ldi.

South China Morning Post nashri xabar berishicha, endilikda Xitoy hududida virusdan zararlanganlarning jami soni 77658 nafarga yetgan, dunyoning boshqa qismidagi holatlar qo‘shib hisoblanganda bu raqam — 80130 kishini tashkil etadi. Xitoyda kasallikdan jami 2663 kishi halok bo‘lgan, boshqa mamlakatlarda yana 37 kishi.

Janubiy Koreya — COVID-19 koronavirusi tarqalishining Xitoydan keyingi ikkinchi o‘chog‘iga aylangan. Bu mamlakatda so‘nggi bir kunda yana 60 kishi virus yuqtirgani aniqlandi va virus yuqtirganlarning jami soni 893 kishiga yetdi. 24 fevral kuni mamlakat hududida yana bir kishi virusdan vafot etib, infeksiya boshlanganidan buyon qurbonlar soni — sakkiz nafarga yetdi. Bu xabarlar fonida Xitoydagi shaharlar Janubiy Koreya fuqarolari uchun yopilmoqda. AQSH o‘z fuqarolarini Janubiy Koreyaga bormaslikka chaqirmoqda.

Italiyada esa COVID-19 epidemiyasining Yevropadagi o‘chog‘i bo‘lib turibdi, 25 fevral kuniga kelib koronavirus aniqlangan kishilar soni 209 nafarga yetgan, 7 kishi virus qurboniga aylangan.

Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Xitoydan tashqari yana 30dan ortiq mamlakatda koronavirus aniqlangan.

24 fevral kuni Yaqin Sharqdan ham xavotirli xabarlar tarqala boshladi. Kuvayt, Bahrayn, Ummon, Afg‘oniston va Iroq hukumatlari koronavirusdan zararlanishning ilk holatlari haqida e’lon qildi. Bu mamlakatlarda shu kunlarda Eronda bo‘lib qaytgan fuqarolarda koronavirus aniqlangan. Eron esa koronavirusning Yaqin Sharq va Janubiy Osiyodagi o‘chog‘i bo‘lib turibdi, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda 12 kishi koronavirus yuqtirish oqibatida o‘lim topgan, 64 kishida virus aniqlanib, ular shifoxonaga joylashtirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 2
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 8
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 50
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 0
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 0
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 2
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 8
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 18
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 37
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Bo‘limlar