“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 15:40
ЎЗO‘Z

Turkiya harbiylari Idlibda Suriya qo‘shini hujumiga uchradi

24 fev, 07:00 3 223 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkiya harbiylari Idlibda Suriya qo‘shini hujumiga uchradi Foto: AP Photo
Turkiya harbiy karvoni Suriyaning Idlib viloyati Al-Bara qishlog‘ida Suriya hukumati qo‘shinlarining hujumiga uchradi. Bu haqda Reuters xabar bergan.

Xabarga ko‘ra, turk harbiylari havodan hujum vaqtida qurilish o‘tkazilgan hududda yashiringan. Taxminlarga ko‘ra, hujum oqibatida Turkiya harbiy kuchlarining bir nechta askari yaralangan. Hujum oqibatida turk kolonnasining 65 ta avtomobili shimolga chekinishga majbur bo‘lgan.

Avval Rossiya harbiy fazo kuchlarining jangari samolyotlari turk harbiylari karvonini to‘xtatgan va Al-Baraga kiritmagandi. Havo zarbalaridan xavotirga tushgan Turkiya harbiylari o‘z xavfsizligini ta’minlash maqsadida hududni tark etgani ma’lum qilingan, biroq keyinroq ushbu ma’lumot inkor etilgandi.

Yanvar fevral oylaridagi hujumlar natijasida Suriya armiyasi Idlib viloyatining yarmini egallab olgan, turk kuzatuv punktlarini orqada qoldirgandi. Hukumat kuchlarining bunday muvaffaqiyati Anqaraga ta’sir ko‘rsatgan, Erdo‘g‘on Suriya qo‘shinlari fevral oxirigacha maxsus postlar hududiga chekinmasa, Turkiya armiyasi harbiy operatsiyalarni boshlashini bildirgandi.

Rossiya Idlibdagi harakatlarda Damashq tarafini olmoqda. Ruslar hududdagi vaziyatni muzokaralar bilan hal etish tarafdori, ammo tomonlar bunga rozilik bildirmayapti.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 1
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 1
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 0
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 0
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 11
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 110
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Bo‘limlar