“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 21:15
ЎЗO‘Z

AQSH Rossiyani koronavirus bilan bog‘liq yolg‘on ma’lumotlar tarqatishda aybladi

23 fev, 19:05 3 336 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSH Rossiyani koronavirus bilan bog‘liq yolg‘on ma’lumotlar tarqatishda aybladi Foto: Global Look Press
Rossiya koronavirus bilan bog‘liq yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish bo‘yicha kampaniyani avj oldirmoqda. Bu haqda AQSH mansabdorlariga tayanib, Guardian ma’lum qildi, deya xabar beradi «RBK»ga tayanib Daryo.

Ularning aytishicha, Twitter, Facebook va Instagram’dagi feyk akkauntlar aynan Qo‘shma Shtatlar virus yaratilishi ortida turgani va koronavirus Markaziy razvedka boshqarmasi ishlab chiqqan biologik qurol ekanligi haqidagi ma’lumotlarni tarqatgan.

«Koronavirus haqida yolg‘on xabarlarni tarqatib, rossiyalik bo‘htonchilar jamoatchilikni xavotirga solib, butun dunyo bo‘ylab shifokorlar kasallikka qarshi kurash bo‘yicha olib borayotgan harakatlardan chalg‘itmoqda. Bunday kampaniyalar tashkilotchilari jamiyatni sarosimaga solish va AQSH hokimiyat tuzilmalariga bo‘lgan ishonchga putur yetkazishga urinmoqda», — dedi AQSH davlat kotibining Yevropa va Yevrosiyo bo‘yicha o‘rinbosari Filip Reker.

AFP agentligiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda bu borada turli taxminlar tarqalgan. Ulardan birida keltirilishicha, koronavirus Xitoy iqtisodiyotiga zarba berish uchun AQSH tomonidan ishlab chiqilgan. Ikkinchi taxminga ko‘ra, virusga sog‘liqni saqlash dasturlariga milliardlab dollar saflagan Microsoft rahbari Bill Geyts aloqador.

Ijtimoiy tarmoqlarda ingliz, nemis, ispan va franszuz tillaridagi xabarlarning barchasi bir xil mazmunda bo‘lgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi mamlakatda o‘tgan bir sutka davomida COVID-19 koronavirusi oqibatida vafot etganlar soni 97 kishini tashkil etib, vafot etganlar jami soni 2442 kishiga yetgan. Butun mamlakat bo‘ylab vafot etganlarning jami soni 2345 kishiga yetdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreyada koronavirusdan halok bo‘lganlar soni 4 kishiga yetdi. Eron hukumati vakillari mamlakatda ikki nafar odamning koronavirus oqibatida vafot etganini tasdiqlagan. Diamond Princess kemasidagi ikki kishi koronavirus oqibatida vafot etgani ma’lum qilingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 1
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 6
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 44
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 11
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 125
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 62
  • So'nggi yangiliklar
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 0
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 0
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 1
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 5
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 4
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 44
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 11
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 21
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 125
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 26
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 62
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 33
  • Bo‘limlar