“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 04:51
ЎЗO‘Z

Koronavirus Xitoy bo‘ylab qanday tarqalgani ma’lum bo‘ldi

23 fev, 15:22 8 110 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus Xitoy bo‘ylab qanday tarqalgani ma’lum bo‘ldi Foto: REUTERS / Stringer
Xitoy Fanlar akademiyasi tropik botanika bog‘i olimlari virusning odamdan odamga yuqishi 2019 yilning noyabrida yoki dekabri boshida boshlangan, degan xulosaga kelishdi. So‘ngra virus Uxandagi dengiz jonzotlari bozoriga tushgan va u yerdan butun mamlakat bo‘ylab tarqalgan. Bu haqda Caixin nashri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, mutaxassislar koronavirusning GISAID EpiFlu ma’lumotlar bazasidagi va 4 ta qit’adagi 12 ta davlatdan yig‘ilgan 93 ta namunasining genom ma’lumotlarini hamda virus tarqalish manbalari va uning tarqalishi yo‘llarini tahlil qilib chiqishgan.

Tadqiqot davomida olimlar koronavirus Xuanan bozoriga boshqa yerdan tushgani va tez orada bozorda, so‘ngra uning tashqarisida tarqalganini aniqlashgan.

Olimlar ma’lumotlariga ko‘ra, qandaydir bir “boshlang‘ich bemor” bozorda kimnidir zararlagan. Yomon sanitar sharoitlar hukm surgan gavjum bozor esa virusning odamlar orasida tarqalishi uchun qulay muhit bo‘lgan.

Mutaxassislar, shuningdek, virus kamida uch yo‘nalishda tarqalganini aniqlashgan. Uxandagi bozorga aloqasi bo‘lgan barcha bemorlarda virusning H1 gaplotipi va uning hosilalari H2 va H8-H12 aniqlangan. Bozorga hech qanday aloqasi bo‘lmagan uxanlik boshqa bemorlarda esa H3 gaplotipi aniqlangan.

Tadqiqotda ko‘rsatilishicha, virusning odamdan odamga yuqishi 2019 yil noyabri oxiri yoki dekabri boshida boshlanib, so‘ngra bozorga tushgach tezlashib ketgan bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Xitoyning 9 provinsiyasi va 11 ta mamlakatdagi virusga chalinish holatlari bevosita Uxan bilan bog‘langani aniqlangan. Bundan tashqari, Guandun provinsiyasida virusning uchta o‘chog‘i, Chunsin va Tayvanda 2 tadan o‘chog‘i aniqlangan.

Shu bilan birga, AQSH, Avstraliya, Fransiya va Yaponiyadagi bemorlar virusning kamida ikkita o‘chog‘idan kasallanishgan.

Tadqiqotda umumiy bazada yuqorida ko‘rsatilgan davlatlardan boshqa davlatlardagi bemorlardan olingan namunalar kamligi va bu bemorlardan ko‘pchiligi virusni yuqtirishning bir xil o‘chog‘iga egaligi ta’kidlab o‘tilgan: ular virusni yo Uxanda, yoki Uxanda bo‘lgan odamlardan, yoxud Guandun, Singapur yoki boshqa joyda yuqtirib olishgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 16
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 45
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 148
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 85
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 251
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 162
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 61
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 29
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 16
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 128
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 62
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 45
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 148
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 149
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 52
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 85
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 85
  • Bo‘limlar