“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 07:24
ЎЗO‘Z

Xitoyda koronavirus qurbonlari 1 770 nafarga yetdi

17 fev, 11:13 3 608 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoyda koronavirus qurbonlari 1 770 nafarga yetdi Foto: «Css-battle.ru»
Xitoy hududida koronavirusni yuqtirganlar soni 70 548 kishiga yetdi. Ulardan 1 770 nafari hayotdan ko‘z yumdi, 10 844 kishi tuzalib, shifoxonadan chiqdi, deyiladi XXR Sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi xabarida.

«Sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasiga 31 provinsiyadan (markazga bo‘ysunuvchi shahar va tumanlar) 70 844 ta kishi koronavirusni yuqtirganligi, jumladan, ayni vaqtda 57 934 nafari kasallikdan qiynalayotgani (10 644 nafari og‘ir ahvolda), 10 844 kishi shifoxonadan chiqarilgani va 1 770 nafari hayotdan ko‘z yumganligi haqida ma’lumot kelib tushgan», — deyiladi qo‘mita xabarida.

O‘tgan bir kecha-kunduzda mamlakat bo‘ylab jami 2 048 ta yuqtirish, 105 ta o‘lim (Xubeyda 100 ta, Xenanida 3 ta va Guandunda 2 ta), 1 563 ta sog‘ayish holati qayd etildi.

Ayni vaqtda yana 7 264 kishi koronavirusni yuqtirish gumoni bilan ro‘yxatga olingan, bemorlar bilan yaqin munosabatda bo‘lgan 150 539 kishi tibbiy nazorat ostida.

Epidemiya o‘chog‘i bo‘lgan Xubeyda o‘tgan bir kecha-kunduzda 1 933 ta (ulardan 1 690 nafari Uxanda) yangi yuqtirish holati qayd etilgan, 1 016 kishi shifoxonadan chiqarilgan (543 – Uxanda). Epidemiya boshlangandan beri provinsiyada 58 182 kishi kasallikni yuqtirgan.

Gonkongda 57 kishi (ulardan bir nafari hayotdan ko‘z yumdi, ikkitasi sog‘ayib ketdi), Makaoda o‘n kishi (ulardan besh nafari shifoxonadan chiqarilgan), Tayvanda 20 kishi (ulardan bir nafari hayotdan ko‘z yumdi, ikki kishi sog‘ayib ketdi) kasallikni yuqtirgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 1
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 2
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 172
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 78
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 52
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 73
  • So'nggi yangiliklar
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 1
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 2
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 1
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 36
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 57
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 21
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 171
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 78
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 52
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 73
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 197
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 82
  • Bo‘limlar