“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 22:28
ЎЗO‘Z

Samolyot halokatida tirik qolganlar «omon qolish siri»ni aytib berishdi

17 fev, 10:06 4 157 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samolyot halokatida tirik qolganlar «omon qolish siri»ni aytib berishdi Foto: RIA Novosti
Aviahalokatlar vaqtida omon qolganlar boshidan o‘tganlarini hikoya qilib berishdi va tirik qolishlariga nima sabab bo‘lganini aytishdi. The Sun nashrida ularning maslahatlari nashr etilgan.

2016 yilda Kolumbiya tog‘laridagi aviahalokatda tirik qolgan Ervin Tumirining aytishicha, halokat vaqtida o‘zini xotirjam tutgani tufayli hayotini saqlab qolgan. U embrion holatida g‘ujanak bo‘lib oladi va oyoqlari orasiga sumkasini qo‘yadi. Bu vaqtda boshqa yo‘lovchilar o‘rnilaridan turib, ayyuhannos solib baqirayotgan edi.

1977 yilda Ispaniyada ikki samolyot to‘qnashib ketadi. Bu halokatda Joani Feters tirik qoladi. Uning aytishicha, yordam kelishini kutmasdan samolyotdan qochib chiqqani uchun omon qolgan. Afsuski o‘sha halokatda yordam kutib qolganlar yoqilg‘i baki portlashi natijasida vafot etgan. O‘sha kuni 583 kishi hayotdan ko‘z yumgan edi.

1971 yilda Amazonka junglilarida halokatga uchragan samolyot bortida bo‘lgan Juliana Kepkening aytishicha, xavfsizlik kamarini taqib olgani uchun tirik qolgan.

1989 yilda AQSHning Ayove shtatida samolyot halokatga uchraydi va yona boshlaydi. Yo‘lovchilarning baxtiga ko‘pchilik o‘zini saqlashga ulguradi va 184 kishi tirik qolgan. Mana shu yo‘lovchilardan biri Apton Renberg edi. U yong‘in boshlangani hamono boshini qalin choyshab bilan yopib oladi va omon qoladi. Shundan buyon u har doim samolyotga kapyushoni bor kiyimda chiqadi.

2009 yilning 15 yanvarida Nyu-York osmoniga Airbus A320 samolyoti ko‘tariladi. Ammo oradan bir yarim daqiqa o‘tar-o‘tmas qushlar galasi bilan to‘qnashib ketgan samolyotning har ikki dvigateli ishdan chiqadi. O‘zini yo‘qotib qo‘ymagan uchuvchilar samolyotni Gudzon ko‘liga qo‘ndirishga muvaffaq bo‘ladi. Natijada bortdagi 155 kishining barchasi tirik qoladi, ammo 83 kishi ozmi-ko‘pmi jarohat olgan.

Yo‘lovchilardan birining aytishicha, samolyotga o‘tirgani hamono xavfsizlik qoidalari bilan to‘liq tanishib olgani tufayli u jarohatdan qutulib qolgan.

Manba: Xabar.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 63
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 32
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 42
  • Bo‘limlar