“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 15:08
ЎЗO‘Z

Generalning o‘limi va Pompeodan tahdidli xat

15 fev, 17:07 4 075 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Generalning o‘limi va Pompeodan tahdidli xat Javod Zarif/Foto: NBC News
Eronlik general Qosim Sulaymoniy amerikalik harbiylar tomonidan o‘ldirilganidan keyin AQSH va Eron urushga juda yaqin turgandi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif NBC News’ga intervyuda aytib o‘tdi.

«Biz urushga juda yaqin edik», - dedi Zarif. Uning ta’kidlashicha, Sulaymoniy o‘ldirilganidan keyin ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar hamon tarangligicha qolmoqda. Shuningdek, Eron TIV rahbari AQSH prezidenti Donald Trampni Eronga nisbatan noto‘g‘ri siyosat yuritishda aybladi.

Eron tashqi siyosat idorasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, inqiroz avjiga chiqqan vaqtda Tehron AQSH Davlat departamenti rahbari Mayk Pompeodan Eronga nisbatan tahdidlarni o‘z ichiga olgan «juda noo‘rin» xabar oldi. Zarif ushbu xabardan iqtiboslar keltirishdan bosh tortib, bu AQSH davlat kotibining vijdoniga havola ekanini aytdi. «Uning o‘zi bu maktubda nima haqida so‘z yuritilganini aytib bersin», - deya ma’lum qildi u.

Zarifning so‘zlariga ko‘ra, Eronning javobi ham qattiq ko‘rinishga ega bo‘ldi, ammo «Pompeoning xati kabi qo‘pol chiqmadi».

Amerika harbiy xizmatchilari joylashgan Iroqdagi bazaga raketa zarbasiga izoh berib, Zarif o‘sha payt Tehronda «kimnidir o‘ldirish» vazifasi bo‘lmaganini bildirdi. «Bizning maqsadimiz AQSHga, agar ular Eron fuqarolarini o‘ldirishda davom etsa, biz javob zarbasi berishimizni ko‘rsatib qo‘yish edi».

Eron tashqi siyosatidagi bosh strategi, Islom inqilobi muhofizlari korpusining maxsus bo‘linmasi «Al-Quds» qo‘mondoni, amalda Eronda oyatulloh Ali Xominaiydan keyingi ikkinchi odam sanalgan Qosim Sulaymoniy 3 yanvar kuni Bag‘doddagi aeroport hududida amerikalik harbiylarning dron orqali bergan raketa zarbalari oqibatida halok bo‘ldi.

AQSHning harakatlariga javoban Eron amerikalik harbiylar joylashgan Iroqdagi bazalarga hujum qildi. Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, natijada 109 kishi turli tan jarohatlari oldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 0
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 1
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 0
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 0
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 11
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 110
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Bo‘limlar