“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 07:51
ЎЗO‘Z

Mayk Pompeo O‘zbekiston koronavirusga qarshi turolmasligini aytdi

14 fev, 17:40 8 729 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mayk Pompeo O‘zbekiston koronavirusga qarshi turolmasligini aytdi AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekiston va Qozog‘iston infratuzilmalari koronavirusga qarshi turish uchun tayyor emasligiga e’tibor qaratdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Biz virusdan himoyalanish uchun kerakli infratuzilmaga ega bo‘lmagan hududlar mavjudligidan xavotirdamiz. Koronavirus kabi keng ko‘lamli xavfga qarshi tura olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan, Xitoy bilan uzoq chegaradosh Qozog‘iston va O‘zbekistonda bo‘ldim”, — deydi Pompeo.

Davlat kotibining ta’kidlashicha, AQSH o‘z budjetidan 100 million dollar ajratish niyatida. Bu pullar nafaqat Xitoyda koronavirusga qarshi kurashish uchun, balki O‘zbekiston va Qozog‘iston kabi bunga juda muhtoj bo‘lgan davlatlarni ham moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Maykl Pompeo xavfga qarshi global, o‘z vaqtida va to‘g‘ri javob qaytarish lozimligini qayd etgan.
Biz epidemiyani to‘xtatish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishga tayyorlanyapmiz. Hozirgacha 100 million dollar yordam puli ajratdik. Balki bu summa yana oshar. Ushbu yordam shubhasiz, Xitoydagilarga yordam berish uchun yuboriladi, biroq xavfga qarshi o‘z vaqtida javob berish maqsadida dunyoning boshqa joylarida ham ishlatiladi”, — deydi AQSH davlat kotibi.

Eslatib o‘tamiz, Maykl Pompeo 3 fevral kuni O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 1
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 1
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 45
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 40
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 72
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 59
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 1
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 0
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 45
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 22
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 40
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 40
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 72
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 59
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 49
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 172
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 37
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 154
  • Bo‘limlar