“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 01:38
ЎЗO‘Z

XXR raisi koronavirusga qarshi kurashda shifokorlarga yordam berishga chaqirdi

11 fev, 11:30 2 739 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
XXR raisi koronavirusga qarshi kurashda shifokorlarga yordam berishga chaqirdi XXR raisi Si Szinpin
Foto: The New York Times

Xitoy hukumatining barcha darajadagi rahbarlari tibbiyot xodimlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishi, ularga muammolarni hal etishda yordam qilishi, shifokorlar xavfsizligini ta’minlashi zarur, deya qayd etgan XXR raisi Si Szinpin. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib Daryo xabar berdi.

«Biz ko‘p sonli tibbiyot xodimlariga g‘amxo‘rlik qilishimiz lozim, ular tanaffussiz kun-u tun bor kuchlari bilan kasallikka qarshi kurash olib bormoqda. Afsuski, tibbiyotchilar orasida koronavirusga yo‘liqqanlar ham kam emas, ayrimlar xastalik bilan kurashib vafot etdi», – deya ta’kidlagan Xitoy yetakchisi XXR davlat kengashi rasmiy saytidagi bayonotida.

Shuningdek, u partiya qo‘mitalari va hukumatning barcha darajadagi rahbarlari tibbiyot xodimlariga g‘amxo‘rlik qilishi kerakligi, ularga muayyan muammolar yechimida ko‘mak berishi va ular hayotining xavfsiz hamda daxlsiz bo‘lishini ta’minlashi lozimligini bildirgan.

24 yanvarda Xubey viloyatining Uxan shahriga boshqa hududlardan moddiy yordam, jumladan himoya kiyimlari va niqoblar, mahalliy shifokorlar 12 soat navbatchilik bilan ishlab ham koronavirusga chalinganlar oqimiga qarshi tura olmagani tufayli mutaxassislar ajratgan. Ayni vaqtda viloyatga butun mamlakatdan 16 mingdan ortiq shifokor jalb qilingan. 9 fevralning o‘zida shaharga 6 ming nafar tibbiyot xodimi yetib kelgan, ularni mamlakatdagi 16 ta viloyatdan shaharga yetkazish uchun 41 ta aviareys yollash talab qilingan.

Xitoyda koronavirusga qarshi kurashdagi asosiy mas’uliyat aynan tibbiyot xodimlari zimmasiga tushayotganini inobatga olib, butun mamlakatda ularni «oq kiyimli farishtalar» yoki «oq xalatdagi jangchilar» deya ruhlantirmoqda.

Xitoy hukumati 2019 yil 31 dekabrda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga Xubey viloyatining Uxan shahrida noma’lum virus tarqalganini xabar qilgan. Keyinchalik mutaxassislar tomonidan kasallik tarqatuvchisining 2019-nCoV koronavirusi ekanligini ma’lum qilgan. 10 fevral holatiga ko‘ra, Xitoyning o‘zida 908 nafar odam ushbu kasallik tufayli vafot etgan, ular orasida ikki nafar xorijlik ham bor, virusga chalinganlik holati 40,1 ming nafar odamda kuzatilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 1
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 10
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 119
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 111
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 0
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 0
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 0
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 0
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 9
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 119
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 58
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 49
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Bo‘limlar