“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 03:46
ЎЗO‘Z

Si Szinpin koronavirus tarqalishining iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirish lozimligini qayd etdi

11 fev, 10:53 2 542 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Si Szinpin koronavirus tarqalishining iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirish lozimligini qayd etdi XXR raisi Si Szinpin/Foto: Reuters
XXR raisi Si Szinpin Xitoy hukumat va partiya organlari mamlakatdagi epidemik vaziyatning iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun barcha zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozimligini ta’kidladi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar tarqatgan.

«Iqtisodiyotimizning uzoq kelajakdagi taraqqiyoti o‘zgarmasligiga ishonchni yanada mustahkamlash lozim. Epidemiyaning iqtisodiyotga ta’siri vaqtinchalik, muammolardan cho‘chimaslik kerak», – deyiladi XXR raisining bayonotida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiy faoliyatni tartibga solish zarur, bu orqali epidemik vaziyatning iqtisodiyotga ta’sirini tahlil qilish, uni kamaytirish va joriy yil uchun ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot maqsadlarini belgilab olish kerak.

Shuningdek, Xitoy rahbari boshlangan loyihalarni davom ettirish va yangilarini ishga tushirishga bor imkoniyatlarni safarbar qilish lozimligini qayd etdi.

Xitoy hukumati 2019 yil 31 dekabrda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga Xubey viloyatining Uxan shahrida noma’lum virus tarqalganini xabar qilgan. Keyinchalik mutaxassislar tomonidan kasallik tarqatuvchisining 2019-nCoV koronavirusi ekanligini ma’lum qilgan. 10 fevral holatiga Xitoyning o‘zida 908 nafar odam ushbu kasallik tufayli vafot etgan, ular orasida ikki nafar xorijlik ham bor, virusga chalinganlik holati 40,1 ming nafar odamda kuzatilgan.

Xitoy raisi ushbu bayonotida hukumatning barcha darajadagi rahbarlari tibbiyot xodimlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishi, ularga muammolarni hal etishda yordam qilishi, shifokorlar xavfsizligini ta’minlashi zarurligi haqida ham fikr bildirgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 170
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 210
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar