“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 02:09
ЎЗO‘Z

JSST rahbari koronavirus bo‘yicha bayonot bilan chiqdi

10 fev, 17:47 4 590 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
JSST rahbari koronavirus bo‘yicha bayonot bilan chiqdi Foto: Aly Song/Reuters
Yangi 2019-nCoV koronavirusining tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat mutaxassislar hozirgi kunda taxmin qilayotganidan jiddiyroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus Twitter’dagi sahifasida yozdi.

JSST rahbarining ta’kidlashicha, Xitoyda bo‘lmagan kishilar tomonidan virusning yangi turini yuqtirish holatlari qayd etilgan. Uning fikricha, bu holatlar yuqumli kasallik boshqa mamlakatlarda ham keng tarqalishi mumkinligidan dalolat beradi. «Qisqacha aytganda, biz aysbergning uchini ko‘rib turibmiz», - deydi Gebreyesus.

Xitoydan tashqarida virusning tarqalish sur’ati hozircha past darajada, ammo keyinchalik u tezlashishi mumkin, deya ogohlantirdi JSST rahbari. Gebreyesus barcha davlatlarni infeksiyaning kirib borishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun «imkoniyatlar darchasidan» foydalanishga chaqirdi. «Bu kasallikni laboratoriyada tezda tashxislash imkoni, aloqalarni kuzatib borish va sog‘liqni saqlash arsenalida boshqa vositalarni o‘z ichiga olishni anglatadi», - deya qayd etdi Gebreyesus.

Hozirgi kunda koronavirus infeksiyasini samarali davolay oladigan preparat mavjud emas, deya ogohlantirgan JSST vakillari. Shu bilan birga, tashkilotda qayd etishlaricha, o‘z vaqtida yordam berish, shu jumladan, nafas olish va to‘g‘ri parvarishlashda ko‘mak ko‘rsatish bemorlarga asqotishi mumkin.

Ilgari noma’lum bo‘lgan koronavirus o‘tgan yilning dekabr oyida Xitoyning Uxan shahrida tarqalishni boshlagan edi. JSST so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, kasallanganlar soni 37 mingdan oshdi, ularning aksariyati Xitoyning materik qismida. Mamlakatdan tashqarida 307ta tasdiqlangan kasallanish holati qayd etildi. Virus tufayli kelib chiqqan pnevmoniya (zotiljam)dan 910 kishi, shu jumladan ikki kishi XXRdan tashqarida - Filippin va Honkongda vafot etdi.

Londondagi Gigiyena va tropik kasalliklarni tadqiq qilish maktabi olimlari xulosasiga ko‘ra, dekabr oyi oxirida qayd etilgan koronavirusning tarqalishi fevral oyi ikkinchi yarmida eng yuqori darajaga yetishi mumkin. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, qariyb 500 ming kishi kasallanadi.

Xitoy ayni vaqtga kelib yangi turdagi koronavirus tarqalishi oldini olish uchun 10,3 mlrd dollar mablag‘ ajratdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 237
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 150
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar