“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 10:43
ЎЗO‘Z

Senat Trampning impichmentiga qarshi ovoz berdi. Prezident o‘z lavozimida qoldi

06 fev, 09:30 2 670 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Senat Trampning impichmentiga qarshi ovoz berdi. Prezident o‘z lavozimida qoldi Foto: REUTERS
Amerikalik senatorlar AQSH prezidenti Donald Trampni unga impichment doirasida qo‘yilayotgan barcha ayblovlar bo‘yicha aybsiz deb topdi.
Senatorlar Trampga hokimiyatni suiiste’mol qilish va kongress olib borgan tergovga qarshilik ko‘rsatish bo‘yicha qo‘yilayotgan ayblovlarni ko‘pchilik ovoz bilan rad etishdi.

Birinchi ayblov bo‘yicha Trampning oqlanishi uchun 52 senator ovoz bergan, 48 senator uni aybdor deb topgan. Ikkinchi ayblovda ham 52 senator uni aybsiz, 47 senator aybdor deb topgan. Trampga qarshi uning faqat bir partiyadoshi – respublikachi Mitt Romni qarshi ovoz bergan.

Prezident aybdor deb topilishi va lavozimidan chetlatilishi uchun senatorlardan uchdan ikki qismi ayblov bandlaridan biriga ovoz berishlari talab etilgan, ammo bu ro‘y bermadi. Shu tariqa kongressda impichment jarayoni o‘z nihoyasiga yetib, Tramp prezident lavozimida qoladigan bo‘ldi.

Donald Tramp impichment jarayoni olib borilgan AQSHning uchinchi prezidenti bo‘ldi. Impichment jarayoni birinchi bo‘lib olis 1868 yilda AQSHning 17-prezidenti Endryu Jonsonga qarshi tashkillashtirilgan. Bunday jarayonga uchragan ikkinchi prezident 42-prezident Bill Klinton bo‘lgan. Ularning ikkisi ham oqlangan.

Shuningdek, 1973 yilda 37-prezident Richard Niksonga nisbatan ham impichment jarayoni tashkillashtirilgan, biroq u o‘zi iste’foga chiqib ketgan.

Trampga nisbatan impichment jarayoni kongressning vakillar palatasida demokratlar tomonidan 2019 yil 24 sentabrda AQSH prezidentining Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan 25 iyuldagi ilk telefon suhbati bilan bog‘liq holda boshlangan. Ta’kidlanishicha, Tramp o‘sha suhbat vaqtida Zelenskiyga bosim o‘tkazib, uni AQSHning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden va uning o‘g‘li Xanterga qarshi tergov boshlashga chaqirgan.

Shu munosabat bilan demokratlar ko‘pchilikni tashkil qiluvchi vakillar palatasi Trampga hokimiyatni suiiste’mol qilish va kongressga qarshilik ko‘rsatish bo‘yicha ikkita ayblov bildirgan.

Ish joriy yil yanvarda yuqori palata – senatga sud jarayoni o‘tkazish uchun topshirilgan. Senatda ko‘pchilikni Trampning partiyadoshlari - respublikachilar tashkil qilgani sababli unga qarshi ayblovlar rad etilishiga shubha yo‘q edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 0
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 359
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 359
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Bo‘limlar